Sinf va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish, va darsga jalb etish.
Darsning rejasi: a) O’tilgan mavzular bo’yicha og’zaki savol-javob, kirish testi;
b) Yangi mavzu bayoni: Dars o’quvchilarning fikriga tayanib o’tiladi;
c) Amaliy ish: 1-8 misol – masalalar ustida ishlash;
d) Fanlararo bog’lanish: “Sotib ol” o’yini (iqtisod faniga bog’lash);
e) 2-masala asosida tabiatshunoslik fani bilan bog’lash;
f) Mustaqil ish (4-misol);
g) 5-misol. Mantiqiy misol va masalalar yechish.
h) “Har savolning o’z javobi bor” o’yinini o’tkazish.
i) Yakuniy test, tezkor savol-javoblar;
j) Dars yakuni. (xulosa, ballarni e’lon qilish);
k) Vazifa. (7-8-misol-masala).
Kirish testini kodoskopdan foydalanish mumkin. (o’quvchilar bilimi hisobga olingan holda 5-10 tagacha soda, murakkab qilib tuzish mumkin).
Yuqorida o’quvchilarning fikriga tayangan holda jumlasini ishlatdik.
Izoh: O’qituvchi o’quvchilarga: “Bugungi darsda nimalarni o’rganishni xohlaysizlar?”-deya savol beradi. O’quvchilar esa o’zlarini qiziqtirgan savollarni urug’ga o’xshatib qirqilgan qog’ozlarga yozadilar. O’qituvchi qog’ozlarni magnit doskasiga yopishtirib chiqadi. Savollardan dars davomida foydalanib javob berib boriladi. Dars yakunida o’qituvchi o’quvchilarga: “Bugungi darsda kim nimani o’rgandi?”-deya murojaat etadi. O’quvchilar mulohazala-rini barg (yoki gul, olma, nok, mevalar) shaklida qirqilgan rangli qog’ozlarga yozishadi. Javoblar daraxt shaklida yopishtiriladi.
Yangi mavzu juda keng yoritilishi kerak:
Sonlarni qo’shish, ayirish, ko’paytirish yoki bo’lish-bular arifmetik amallardir. Yozuvda ularni ifodalash uchun “+”, “―”, “ ∙ ”, “ : “ belgilari ishlatiladi.
Masalan, 8+7, 13-6, 3∙13, 24:4.
Sonlar va arifmetik amallar bajarilsa, ifodaning qiymati hosil bo’ladi.