32
Dastur natijasi Assalomu alaykum yozuvi o'rniga,
Syntax Error (
sintaksisda
xatolik) xabari chiqdi. Xatolik qayerda?
Avval aytganimizdek, print() funksiyasi matn yoki ifodalarni konsolga
chiqarish vazifasini bajaradi. Lekin bu funksiya to'g'ri ishlashi uchun bir nechta
qoidalarga amal qilish lozim. Jumladan, agar konsolga matn chiqarmoqchi bo'lsak,
matnimiz albatta qo'shtirnoq yoki (" ") yoki birtirnoq (' ') orasida yozlishi kerak. Demak
Assalomu alaykum so'zini konsolda chiqarish uchun to'g'ri kod: print(“Assalomu
alaykum”) yozish lozim.
3. print(‘Men 1 sonli maktabni 9 sinf o’quvchisiman’)
Dastur natijasi Men 1 sonli maktabni 9 sinf o’quvchisiman yozuvi o'rniga,
Syntax Error (
sintaksisda xatolik) xabari chiqdi. Xatolik qayerda?
Xatolikni oldini olish uchun (‘) o’rniga (“) dan foydalanish lozim yoki
matndagi (‘) belgisidan oldin (\) belgisini qo’yish lozim (o\’quvchisiman).
o’zgartirishimiz kerak. Umuman olganda \ belgisi har qanday mahsus belgi oldidan
qo'yiladi.
Natija: Men 1 sonli maktabni 9 sinf o’quvchisiman
4. Agar matnni bir necha qatorga bo'lib yozish talab qilinsa, uchtalik birtirnoq
(appostrof) dan (''' ''')foydalanish mumkin:
print(’’’Men 1 sonli maktabni
9 sinf o’quvchisiman’’’)
Dastur natijasi:
Men 1 sonli maktabni
9 sinf o’quvchisiman
Qatorga bo'lishning yana bir usuli, qator so'nggida \n belgisini qo'yish.
print(‘Men 1 sonli maktabni \n 9 sinf o’quvchisiman’)
Dostları ilə paylaş: