46
b = -30 # manfiy bo'lishi mumkin
c = a + b
print(c)
Natija: -10
Python - operatorlar orasidagi bo'shliqlarni inobatga olmaydi. O'qishga qulay
bo'lishi uchun yuqoridagi kabi (bo'shliqlar bilan) yozishingiz mumkin.
# Kvadratning yuzini hisoblaymiz
kvdrt_tmni = 20 # Kavdratning tomoni 20 ga teng
kvdrt_yuzi = kvdrt_tmni**2 # Kvadrat yuzini hisoblaymiz
print(kvdrt_yuzi)
Natija: 400
FLOATS — HAQIQIY SONLAR
Pythonda haqiqiy sonlar
floating point numbers
yoki qisqa qilib
floats
deyiladi. "
Floating point numbers
" atamasini o'zbek tiliga "
suzuvchi nuqtali sonlar
"
deb tarjima qilish mumkin. Ingliz tilida o'nlik sonlarni yozishda vergul (,) emas nuqta
(.) belgisi ishlatiladi va bu nuqta sonning katta kichikligiga qarab joyi o'zgargani uchun
"floating"
(suzuvchi)
deyiladi.
pi = 3.14159 # o'nlik son (float)
radius = 10 # butun son (integer)
diametr = 2*radius
print("Aylana uzunligi ", pi*diametr, " ga teng.")
Natija: Aylana uzunligi 4.712384999999999 ga teng.
Dostları ilə paylaş: