if-elif-else
ketma-ketligidan foydalanamiz. elif -
else
va if so'zalrining
jamlanmasi bo'lib,
"aks holda, agar"
deb tarjima qilinadi. Bunday if bilan boshlangan
ketma-ketlik bir nechta elif lardan iborat bo'lishi mumkin.
Python avval if shartini tekshiradi, shart bajarilmasa elif ga o'tadi, birinchi elif
sharti bajarilmasa keyingi elif ga o'tadi va hokazo davom etaveradi.
2 topshiriq
(xuddi shu manba). P bahoni chiqarish dasturini tuzing. Agar P=5
bo’lsa, “Ofarin!”, P=4 bo’lsa, “Yaxshi!” va P≤3 bo’lsa, “Ish yoqmas!” matnlari
chiqarsin.
Masalani qo’yilishi: P natural son berilgan bo’lsin va 5 dan oshmaydigan
qiymat berilgan holda qiymatga qarab, P shartda ko'rsatilgan qoidalarga
muvofiq s satrni hosil qilishingiz kerak. P qiymatni ketma-ket ikki marta tekshirish
kerak.
Dasturning matni:
kiritish P
agar (P = 5) bo'lsa
s = 'Ofarin! »
aks holda agar (P = 4)
s = 'Yaxshi!'
aks holda
s = 'Ish yoqmas!'
agar tamom
chiqish s
72
Python dasturi:
P=int(input(‘Sizning bahoingiz? ’))
if P==5:
s= ‘Ofarin!’
elif P==4:
s= ‘Yaxshi!’
else:
s= ‘Ish yoqmas!’
print(s)
Sizning bahoingiz? 4
Yaxshi !
Yuqorida aytganimizdek, if-elif-else zanjirida shartlarning biri bajarilishi bilan,
Python qolgan shartlarni tekshirmaydi va ularni bajarmaydi. Lekin ba'zida biz 2 yoki
undan ko'p shartlarni tekshirishni talab qilishimiz mumkin, buing uchun AND va OR
operatorlaridan foydalanamiz.
OR operatori
OR ingliz tilidan "yoki" deb tarjima qilinadi, va ikki va undan ko'p shartlardan
biri
bajarilishini tekshirishda ishlatiladi.
3 topshiriq
. Hafta kuni berilgan bo’lsin, agar shanba yoki yakshanba bo’lsa
bugun dam olish kuni, aks holda ish kuni degan xabarni chiqarsin.
Masalani qo’yilishi. Ixtiyoril hafta o’zgaruvchisini tekshirsin, agar shanba yoki
yakshanba bo’lsa dam olish kuni yozuvini chiqasin aks holda ish kuni.
Python dasturi:
hafta=input(‘Hafta kunini kiriting:’)
if hafta== ‘shanba’ or ‘yakshanba’:
natija= ‘Dam olish kuni!’
else:
natija= ‘Ish kuni!’
print(natija)
Hafta kunini kiriting: yakshanba
Dam olish kuni!
|