Masala
4.
SHaharlararo ATSda telefondan foydalanganlik haqida ma`lumotlar
saqlanadi. Bu ma`lumotlarda gaplashilgan kun, shahar nomi va kodi, gaplashish vaqti,
tarif, telefon raqami shu shahardagi va abonent raqami ko`rsatilgan. Har bir shahar
uchun umumiy gaplashilgan vaqt va summasini chiqaring.
Masala_5.'>Masala
5.
Sport musobaqalari haqidagi ma`lumotlarda׃ shahar nomi, jamoa
nomi, har bir ishtirokchining F.I.SH, sportchi raqami, yoshi, bo`yi, vazni ko`rsatilgan.
Berilgan yoshdan kichik musobaqa ishtirokchilari haqida ma`lumot chiqaring.
Masala_7.'>Masala
6.
״Shohruh״ firmasida ishlaydiganlar ro`yxati keltirilgan. Ro`yxat
jadval ko`rinishida berilgan. Jadvalda har bir ishchining tabel nomeri F.I.SH., ishga
qabul qilingan yili, yoshi, manzili, joriy yil ko`rsatilgan. 25 yildan ortiq ishlagan
ishchilar ro`yxatini AA.txt fayliga yozing.
Masala
7.
Kutubxonada saqlanayotgan kitoblar haqida quyidagi ma`lumotlar
berilgan: kitobning registrasiya raqami, nashriyoti, betlar soni, muallif. Kutubxonadagi
kitoblarning mualliflarning familiyalarini alfavit tartibida joylashtirib, ro`yxatini
chiqaring.
Masala
8.
Fakul`tet talabalari ro`yxati berilgan. Ro`yxatda׃ talabalarning
F.I.SH, o`qishga qabul qilingan yili, jinsi, qaerda tug`ilgani, guruhi, to`plagan balli,
hozirda yashayotgan manzili, talabaning nima asosida (davlat to`lovi yoki pulli-
shartnoma) asosida tahsil olishi haqida ma`lumot berilgan. Fakul`tetda pulli-
shartnoma asosida o`qib turgan talabalar ro`yxatini chiqaring.
Masala
9.
x -o`zgaruvchining 10 ta qiymati AA.txt faylida keltirilgan. Y=sin2x
funksiyaning mos qiymatlarini AAS.txt fayliga yozish dasturini tuzing.
Masala
10 .
Tashkilot ishchilari quyidagi ma`lumotlarga ega׃ F.I.SH, bo`lim
raqami, mansabi, ishga qabul qilingan yili. Har bir bo`lim bo`yicha eng ko`p ishlagan
ishchining ro`yxatini chiqaring.
Dostları ilə paylaş: |