- 135 -
Xotima
Biotexnologiyaning zamonaviy rivojlanish darajasi biologik faol va dorivor
moddalar biotexnologiyasiga oid ma`lumotlarning yanada ko`payishiga olib kelishi
shubhasiz. Shu bois, ushbu o`quv qo`llanma ilk bor yaratilganligini va ayrim
kamchiliklardan xoli emasligini alohida qayd etgan holda shuni aytish lozimki,
qo`llanmaga tegishli bo`lgan barcha tanqidiy mulohazalar, xohish va takliflar
mualliflar tomonidan mamnunlik bilan kutib olinadi.
Fikrimizcha, yaqin kelajakda texnik mikrobiologiya va texnik biokimyo,
muhandislik emzimologiyasi, genetik muhandislik, hujayra muhandisligi uslublari
bilan qurollangan zamonaviy biotexnologiya yangidan yangi muvaffaqiyatlarning
sohibi bo`ladi. O`z navbatida “Biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi”
nomi bilan atalgan fan biotexnologiyaning yangi uslublari asosida tabiiy
chiqindilardan manba sifatida foydalanib yaqin istiqbolda tonnalab aminokislotalar,
nukleotidlar,
fermentlar,
vitaminlar,
antibiotiklar,
qishloq
xo`jaligi
zararkunandalariga qarshi kurash vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun dori-
darmonlar kabilarni ishlab chiqishga erishadi. Shuningdek, atrof-muhitni
ifloslanishini oldini olish yo`l-yo`riqlari va texnologiyalarini ishlab chiqishga,
nihoyat oqibat natijada umumbashariyatning abadiy orzusi – barcha ishlab chiqarish
tarmoqlarini chiqindisiz yopiq zanjir asosida tashkil qilishga asta-sekin qodir bo`la
boradi.
Dostları ilə paylaş: