M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   84
Fosfobakterin
- bakteriyalarning hayotiy faoliyati asosida olinadigan 
bakterial o`git turi. 
Gen
- polipeptid zanjiri sinteziga javobgar bo`lgan DNK 
bo`lagi.
Genetik injeneriya
- gen yoki genlar yig`indisining maqsadga muvofiq 
o`zgartirilishi asosida mahsulotlar ishlab chiqarish. 


- 131 - 
Genlarni klonlash
- ko`zlangan DNK bo`lagini vektorlar vositasida 
ko`paytirish. 
Gibridoma
- limfosit yoki har qanday normal hujayra bilan rak 
hujayrasining qo`shilishi natijasida hosil qilingan, tez 
bo`linuvchi duragay hujayralar to`plami. 
Gigromitsin
- zamburug`larning hayotiy faoliyati asosida ishlab
chiqariladigan antibiotik modda. 
Grizin
- zamburug`lar asosida olinadigan streptotritsinlar 
guruhiga kiruvchi antibiotik. 
Immunitet
- organizmning virus va mikroblardan iborat bo`lgan 
infeksion manbalar, shuningdek noinfeksion tabiatli 
qator organik moddalarga nisbatan chidamliligi.
Immobilizatsiyalangan hujayralar 
– biron bir organik asos (gel, membrana, tolalar) 
ga birikkan hujayralar. 
Immobilizatsiyalangan fermentlar 
– molekulasi u yoki bu yo`sinda ma`lum bir 
asosga birikish orqali hosil qilingan ferment preparati. 
Interferonlar
- umurtqali hayvonlar hujayralari tomonidan 
sintezlanadigan virusli infeksiyaga qarshi ishlab 
chiqariladigan va hujayralarning virusga qarshiligini 
keltirib chiqaradigan oqsillar. 
Kallus to`qima
- hujayraning bo`linishidan hosil bo`lgan, deyarli 
ixtisoslashmagan hujayralar to`plami. 
Klon
- bitta hujayradan hosil bo`lgan irsiy jihatdan o`xshash 
hujayralar to`plami. 
Kodon
- DNK yoki RNK ning ma`lum aminokislota,
translyatsiyaning 
boshlanishi 
yoki 
nihoyasini 
kodlaydigan uchta nukleotiddan iborat qismi.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin