Kichik ko‘rshapalak – Pipistrellus pipistrellus Schreb.
Ko„rshapalaklar
turkumi
hasharotxo„r ko„rshapalaklar kenja
turkumining
asl
ko„rshapalaklar
oilasiga kiradi. Tanasining uzunligi 4-
4.5 sm. Eng kichik ko„rshapalaklardan
biri hisoblanadi. Mo„ynasining usti
sarg„ish-malla, qorin tomoni och-
kulrang bo„ladi. Bu ko„rshapalaklar har
xil
binolar
karnizlariga,
devor
yoriqlariga, daraxtlarning kovak-kandiklariga uyalar quradi. Qorong„u tushishi
bilan kovak-kandiklardan uchib chiqa boshlaydi. Bular elektr yoritkichlari atrofida
uchib yurganini osonlik bilan kuzatish mumkin. Kichik ko„rshapalak tungi chivin,
pashsha, kuya, kechki tunlamlar bilan ovqatlanadi. Qishda uchib ketmay, o„z
uyalarida qishlaydi. Urg„ochilari iyun oylarida 1-2 ta bola tug„adi. Yiliga bir marta
tulaydi, bu ham bo„lsa iyul-avgust oylariga to„g„ri keladi. Kichik ko„rshapalak
zararli hasharotlarni qirish bilan baland qavatli uylar aholisi uchun ko„plab foyda
keltiradi.
Dostları ilə paylaş: |