M. H. Ahmedov, M. R. Shermatov


Bog‘ yoki o‘rmon olmaxoni – Dryomys nitedula Pall



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/55
tarix30.03.2022
ölçüsü1,91 Mb.
#54474
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
fargonaning umurtqali hajvonlari

Bog‘ yoki o‘rmon olmaxoni – Dryomys nitedula Pall. 

 

 

Bog„  olmaxoni  kemiruvchilar  turkumining  o„rmon  olmaxoni  oilasi  vakili 



hisoblanadi. Uncha katta bo„lmagan olmaxonga o„xshash kemiruvchi.  Tanasining 

uzunligi  10  sm.,  dumining  uzunligi  ham  taxminan  tana  uzunligiga  teng,  dumi 

yapaloq,  mo„ynalari  ikki  yonga  o„sgan,  ko„zlari  katta,  yumaloq,  quloq  surpasi 

keng,  yumaloqlashgan,  mo„ynasi  qalin,  yelkasi  sarg„ish  yoki  qo„ng„ir  kulrang, 

ko„zidan  qulog„i  orqali  burnigacha  cho„zilgan  qora  dog„i  bor.  Bog„  olmaxonini 

yuqoridagi belgilaridan osongina tanib olish mumkin.    

 

O„rmon  olmaxoni  Janubiy  Yevropa,  Kichik  Osiyo,  Eron  va  O„rta  Osiyo 



tog„lari  va  adirlarida  keng  tarqalgan.  O„zbekistonning  keng  bargli  o„rmonlarida, 

mevali  bog„  va  hovlilarda  uchraydi.  Tog„li  rayonlarda  3500  va  4000  metr 

balandliklardagi  archazor  o„rmonlarda 

qayd  etilgan.  Daraxtlar  tanasida,  butalar 

orasida  va  yerda  chaqqon  harakat  qiladi. 

O„tkir  tirnoqlari  bor,  shoxdan-shoxga, 

hatto,  daraxtdan  daraxtga  sakrab  o„tadi. 

Bu  hayvon  yashirin  hayot  kechiradi, 

aktivligi  qariyb  kechasi  o„tadi.  Kunduzi 

uyalarida  yoki  boshqa  kovaklarda  dam 

oladi.  Bolalaydigan  uyalarini  o„simlik 

bargi,  pat,  mo„ynalari  bilan  bezaydi.  Bir 

yilda  bir  marta  o„rtacha  3-4  tadan  bola 

beradi. 


Bolalari 

ko„zi 


ochilmagan 

mo„ynasiz  tug„iladi,  uyalarini  uzoq  vaqt 




 

34 


tark etmaydi.  

Bizning  kuzatishimizcha,  Farg„ona  shahrida  hovli  bog„larida,  shahar 

atroflaridagi meva bog„larida uchrab, olma, o„rik, shaftoli, uzum, gilos va boshqa 

mevalarning  urug„i  hamda  yosh  nihollari  bilan  oziqlanadi.  Bir  va  ko„p  qavatli 

uylarning  karnizlaridan,  devor  va  minoralarning  kovaklaridan  o„ziga  pana  joy 

topadi.  Kechasi  daraxt  mevalari  bilan  ovqatlanayotganining  guvohi  bo„lishimiz 

mumkin. Mevaxo„rligi bilan bog„larga katta ziyon yetkazmaydi, chunki bularning 

populyasiyasi juda siyrak.  

 


Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin