M. H. Ahmedov, M. R. Shermatov


Kulrang (yoki ombor) kalamush – Rattus norvegicus Berk



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/55
tarix30.03.2022
ölçüsü1,91 Mb.
#54474
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
fargonaning umurtqali hajvonlari

Kulrang (yoki ombor) kalamush – Rattus norvegicus Berk. 

 

Kemiruvchilar 

turkumi 

sichqonlar 

oilasiga 

kiradi. 


Yer 

sharining  qutb  va  qutb  sahrolaridan 

boshqa 

hamma 


joyda 

uchraydi. 

O„zbekistonda keng tarqalgan. Kattaligi 

25  sm,  dumi  doimo  tana  uzunligidan 

kaltaroq,  rangi  kulrang,  qo„ng„ir  yoki 

sarg„ish, 

qorin 

tomoni 


oqish 

bo„zrangda.  Dumidagi  hakam-dukam 

qo„ng„ir  qillari  orasidan  tangachalari 

yiltillab  ko„rinib  turadi.  O„zbekistonga  ikkinchi  jahon  urushidan  keyin  kelib 

qolgan. Kulrang kalamush odam turadigan binolarda, poliz va bog„, suv bo„ylariga 

uya quradi. Qalin devorlarni, yog„ochdan qilingan eshik va pollarni kemirib o„ziga 

yo„l ochadi. O„simlik va hayvonlar bilan ovqatlanadi. Ular yemaydigan narsaning 

o„zi  yo„q.  Chirib,  sasib  yotgan  o„limtiklardan  tortib,  tezaklarni  ham  yeydigan 

hayvon. Hatto yosh bolalarni tishlab ketgan hollari ham bo„lgan. Hayvonot bog„ida 

Afrika filining panjasini g„ajib, halok qilgani ham ma‟lum. Yerda va tik qoyalarda 

tez,  chaqqon  yugurib  yuradi,  suvda  yaxshi  suzadi,  yerni  qazishga  yaxshi 

moslashgan,  hidlov  va  eshituv  organlari  yaxshi  taraqqiy  etgan.  Bolasi  3-4  oyda 

voyaga  yetadi.  Yiliga  3-4  marta  5  tadan  to  15  tagacha  bola  tug‟adi.  Bular  eng 

xavfli zararkunanda hayvon. U omborlarda oziq-ovqat mahsulotlarini nobud qiladi. 

O„lat,  quturish  kabi  yuqumli  kasalliklarni  tarqatadi.  Shahrimizda  ularni  ko„p 

qavatli  uylarning  yerto„lalari,  sug„orish  ariqlaridagi  quvur  ichida  va  ko„proq 

bog„larda, xonadon omborxonalarida ko„plab uchratish mumkin. 

 


Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin