M. H. Ahmedov, M. R. Shermatov


Hindiston chumchug‘i – Passer indieus Jard



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/55
tarix30.03.2022
ölçüsü1,91 Mb.
#54474
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55
fargonaning umurtqali hajvonlari

Hindiston chumchug‘i – Passer indieus Jard. 

 

Haqiqiy 



chumchuqsimonlar 

oilasiga  kiradi.  Tashqi  ko„rinishdan  uy 

chumchuqlariga  o„xshab  ketadi.  Lekin 

boshining  ikki  yonidagi  patlari  oz 

bo„lishi  bilan  ulardan  farq  qiladi.  O„rta 

Osiyoda ancha keng tarqalgan, sentyabr 

va  oktyabr  oylarida  qishlash  uchun 

Afg„onistonga  va  Hindistonga  keta 

boshlaydi.  Bu  chumchuqlarning  uya 

qurish  joylari  xilma  xil.  Ular  uylarga, 

molxonalarga,  daraxtlarga,  to„qayzor  va 

tog„  qoyalariga  gala  bo„lib  uyalar  quradi.  Faqat  yozda  bir  marta  ko„payadi. 

Tuxumlarini  12-13  kun  makiyonlari  bosadi,  bolalarini  12-14  kun  urg„ochi  va 

erkagi birga boqib uchirma qiladi. So„ngra bolalari ham galaga qo„shilib, ko„chib 

yura  boshlaydi.  Bu  qushlar  bahor  oylarida  o„zlari  ham  bolalarini  ham  hasharotlar 

bilan  boqib  foyda  keltiradi.  Keyin  yuzlab  va  minglab  sonda  galalar  hosil  qiladi. 

Bug„doy,  arpa,  sholi,  tariq  va  boshqa  madaniy  o„simliklarning  donlari  bilan 

ovqatlanib,  xo„jaliklarga  zarar  yetkazadi.  Chumchuqlar  oq  jo„hori  va  jo„horining 

ashaddiy  kushandasi  hisoblanadi.  Ko„pincha,  mana  shu  o„simliklarga  zarari  katta 

bo„ladi.  Ko„plab  ko„paygan  yillari  30-50  foiz  hosilni  nobud  qilgani  hisoblab 

chiqilgan.  Mahalliy  aholi  oddiy  uslublar  bilan  "chuchelalar"  qo„yish,  shovqin 

chiqaruvchi materiallar, baqirib-chaqirish bilan haydaydi. Ko„plab ko„payib ketgan 

yillarda  donlarni  bariyning  ftorli  birikmalari  bilan  zaharlab,  mahallalardan  uzoq 

joylarga sepib qarshi kurashilgan. 

Chumchuqlarga  qarshi  kurashda  ehtiyotkorlik  choralarini  ham  esdan 

chiqarmaslik  kerak.  Chunki  60-70-yillarda  Xitoyda  bu  chumchuqlarni  tamoman 

qirib  tashlanishi  oqibatida  sholi  va  boshqa  donlarning  hosildorligi  2-3  yil  ortib, 

so„ngra  hosildorlik  keskin  kamayib  ketgan.  Sababi  o„rganilganda,  chumchuqlar 

yo„qligi  sababli  zararli  hasharotlar  ko„payib,  hosildorlikka  ta‟sir  etgan.  Xitoyda 

qaytadan chumchuqlar sotib olinib, ko„paytirilgan.  




 

32 



Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin