M. H. Ahmedov, M. R. Shermatov


Mayna-Olaqanot – Acridotheres tristis L



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/55
tarix30.03.2022
ölçüsü1,91 Mb.
#54474
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
fargonaning umurtqali hajvonlari

Mayna-Olaqanot – Acridotheres tristis L. 

Chumchuqsimonlar  turkumining  chug„urchuqlar 

oilasiga  kiradi.  Maynaning  vatani  Hindiston  va 

Afg„oniston  bo„lib,  O„zbekistonda,  1912  yilda  bu 

qushlarning  bir  necha  jufti  Termiz  shahrida  hisobga 

olingan.  Bu  yerga  u  Afg„onistondan  uchib  o„tgan. 

1926  yilda  Turkmanistonning  Kerki  shahrida  va 

1930  yillarda  O„zbekistonning  janubiy  rayonlarida 

keng  tarqalgan.  1940  yillar  Buxoro  va  Samarqand 

viloyatlarida 1955-60 yillarda Jizzax va Toshkentda, 

1960-65  yillardan  boshlab  Farg„ona  vodiysida  keng 

tarqalgan.  Mayna  o„z  yashash  hududini  (arealini) 

kengaytirib  borayotgan  qushlardan  hisoblanadi.  Mayna  O„zbekistonda  o„rmon  va 

bog„lar,  qishloq  va  shaharlarda  ko„plab  uchraydi.  Insonlar  yashaydigan  joylarda, 

katta  va  kichik  shaharlarga  moslashib  borayotgan  qushlardan  biri.  Bu  qushlar 

uylarini,  daraxt  kovaklariga,  shox-shabbalar  orasiga,  jarliklardagi  kovaklarga, 

shaharlardagi baland binolar, minora va imoratlarning karnizlariga quradi. Laylak 

uyalarning ostiga uya qurgani ham ma‟lum. Uyalariga 4-6 ta tuxum qo„yib, 14 kun 

urg„ochisi va erkagi tuxum bosadi. Uyada bola ochuvchi qushlardan, bolalarini 25-

26  kun  uyalarida,  uchirma  bo„lgandan  keyin  5-6  kun  boqadi.  Urg„ochilari  bir 

necha kun o„tgach, yana tuxum qo‟yishga o„tadi. 

Mayna, asosan, chigirtkalar va boshqa hasharotlar bilan ovqatlanadi. Bir juft 

mayna  bir  yilda  150  ming  chigirtkani  iste‟mol  qilgani  hisoblab  chiqilgan.  Gilos, 

olma, uzum, olcha, nok, xurmo bilan ovqatlanib, ko„paygan yillari bog„dorchilikka 

ko„plab zarar yetkazadi. 

Mayna 


shaharlarda 

xo„jaliklardan 

chiqadigan 

chiqindilar 

bilan 

ovqatlanishga moslashib borayotgan qushlardan. To„kilgan o„simlik donlarini ham 



iste‟mol qiladi. Mayna kuz va qish oylarida o„nlab hatto yuzlab galalar hosil qiladi. 

Keyingi  yillarda  son  jihatdan  ko„payib  bormoqda.  Bulardan,  bog„dorchilikka 

keltirayotgan  zarari  va  shaharlarda  uylarning  karnizlarini,  zavod  va  fabrika 

tomlarini axlatlari bilan ifloslantirayotganlaridan norozi bo„lishmoqda. Maynaning 

foydali  yoki  zararli  ekanligini  aniqlash  uchun  keng  qamrovli  ilmiy  tekshirish 

ishlarini olib bormasdan biron xulosa chiqarish qiyin. 

 


Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin