M. H. Ahmedov, M. R. Shermatov


Uy chumchug‘i – Passer domesticus L



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/55
tarix30.03.2022
ölçüsü1,91 Mb.
#54474
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
fargonaning umurtqali hajvonlari

Uy chumchug‘i – Passer domesticus L.  

Chumchuqsimonlar  turkumining  haqiqiy 

chumchuqlar  oilasiga  kiradi.  Uy  chumchug„i 

erkagining patlari juda xilma xil bo„lib, kulrang 

chipor  bo„ladi.  Boshining  usti  va  yelkasining 

oxiri  kulrang,  yelkasining  oldi  tomoni  to„q 

qo„ng„ir  (kashtan  rangda)  qanotlari  ham  to„q 

qo„ng„ir  bo„lib,  qora  dog„lari  bor.  Tomog„i  va 

jig„ildoni  qora.  Boshi  yon  tomondan  oqish 

kulrang  bo„lib,  ko„zining  atrofida  qora  dog„i 

bor. Makiyonlari oddiyroq rangda bo„lib, yelka 



 

31 


va  qorin  tomonda  qo„ng„ir  dog„lari  bo„ladi.  Farg„ona  vodiysida  keng  tarqalgan 

qushlardan. Doimo odam  yashaydigan joylar va odamga yaqin yerlarda yashaydi. 

Aholi yashaydigan uylarga, molxonalarga, don va yem omborlariga, tegirmonlarga 

uyalar  quradi  yoki  ba‟zida  daraxtlarga  ham  uya  quradi.  O„troq  qushlar,  aprel 

oyidan  tuxum  qo„ya  boshlaydi.  Uyalarida  3-4  ta  tuxumi  bo„ladi.  Erkagi  va 

urg„ochisi  tuxum  bosishda,  bolalarini  boqishda  ishtirok  etadi.  Tuxumdan  10-11 

kunda bolalar chiqadi, ular 12-13 kunda uchirma bo„ladi. Bir necha kun jo„jalarini 

olib  yurib  keyin  makiyonlari  yana  tuxum  qo„ya  boshlaydi.  Yoz  davomida  2-3 

marta  bola  ochadi.  Uy  chumchug„i  bolalarini  hasharotlar  bilan  boqib,  foyda 

keltiradi. Boshqa vaqtlarda don, meva va oziq-ovqat chiqindilari bilan ovqatlanadi. 

Bu  qushlar  unchalik  katta  galalar  hosil  qilmaydi,  shuning  uchun  xo„jalikka  katta 

zarar yetkazmaydi. 

 


Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin