M. H. Ahmedov, M. R. Shermatov


Uzun dumli qarqo‘noq – Lanius schach L



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/55
tarix30.03.2022
ölçüsü1,91 Mb.
#54474
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55
fargonaning umurtqali hajvonlari

Uzun dumli qarqo‘noq – Lanius schach L.  

 

Chumchuqsimonlar  turkumi  qarqo„noqlar  oilasiga 



kiradi.  Boshqa  qarqo„noqlarga  nisbatan  dumining  uzun 

bo„lishi  bilan  farq  qiladi.  Qarqo„noqlarni  asosiy 

belgilaridan biri tumshug„i yirtqich qushlarning tumshug„i 

singari tuzilgan. Yon tomondan qisilgan, tumshug„i ichida 

ilmoqchasi  bor,  ilmoqcha  oldida  o„tkir  tishchasi  bor. 

Tumshug„ining asosi kengaygan va og„iz bo„shlig„i katta. 

Boshi  katta,  bo„yni  qisqa,  qanotlari  kaltaroq,  dumi  uzun. 

Boshining  usti,  gavdasining  oldingi  qismi,  ikki  yoni 

kulrang.  Boshining  yon  tomonida  qora  yo„llari  bor,  kelib 

ketuvchi  qushlar  sirasiga  kiradi.  Osiyo  materigining 

janubiy  qismida  qishlaydi.  Oktyabr,  ba‟zida  noyabrda 

uchib  ketadi,  bahorda  aprelning  ikkinchi  yarmi  va  may 

oylarida uchib keladi. 

To„qaylarga,  tog„,  o„rmonlarga,  bog„larda  daraxt-butasimon  o„simliklarga 

uya  quradi,  ko„pincha,  parvarishda  bo„lgan  bog„larga  ham  uya  quradi.  Uyalarini 

daraxtlarning        5-6  m.  balandliklariga  quradi. 

Makiyonlari tuxum bosganda, xo„rozlari boqadi. 

Tuxumini  12-13  kun  bosadi,  bolalari  14-15 

kunda uchirma bo„lib uyadan chiqadi, bu davrda 

qanotlari,  patlari  yaxshi  rivojlanmagan  bo„ladi, 

ikki  haftalar  davomida  boqqanidan  keyin 

uchadigan holatga keladi. Uzundumli qarqo„noq 

qaldirg„och,  chumchuq  va  musilchalarni  ham 

bolalariga  hujum  qiladi.  Lekin  asosiy  ovqati 

hasharotlar, qo„ng„izlardir. 

 

 




Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin