M. H. Ahmedov, M. R. Shermatov


Oq jiblajibon – Motocilla alba L



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/55
tarix30.03.2022
ölçüsü1,91 Mb.
#54474
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55
fargonaning umurtqali hajvonlari

Oq jiblajibon – Motocilla alba L. 

 

Chumchuqsimonlar  turkumi,  jiblajibonlar 



oilasiga  kiradi.  Kelib  ketuvchi  qushlar, 

qishlash  uchun  Hindiston,  Eron  kabi  janubiy 

mamlakatlarga  boradi.  Bular  chumchuq 

kattaligidagi  qushlar  bo„lib,  chumchuqlarga 

nisbatan  oyoqlari  va  dumi  uzun.  Yelka 

tomonidagi patlari kulrang, boshi va ko„kragi 

qora,  qorin  tomoni  oq.  O„rta  Osiyoda  keng 

tarqalgan  qushlardan  hisoblanadi.  Bu  qushni 

katta ko„l, daryo, kanal va ariq qirg„oqlarida, 

hamma  yerda  uchratish  mumkin.  Fevral  va 

mart oylarida ularni sayrashlari eshitiladi. Mart, aprel oylarida uya qurib, ko„plari 

bola  ochib  ulguradi.  Jiblajibon  uyalarini  toshlarning  ostiga,  chirigan  to„nkalar 

tagiga, suv qirg„oqlaridagi bo„shliq joylarga, uylarning tomiga, daraxtlarga quradi. 

Uya daraxt po„stloqlari, cho„plar, poxoldan bo„lsa, o„rtasini paxta, jun, patlar kabi 

yumshoq narsalar bilan to„shaydi. 2 tadan 7 tagacha tuxum qo„yadi, 12 kun tuxum 

bosadi,  bolalarini  shuncha  kun  uyada  boqadi.  Yoz  davomida  2-3  marta  bola 

ochadi. 

Jiblajibonlarda  jinsiy  dimorfizm  bor,  erkaklari  tovlanma  ranglarga  ega.  Qish 

issiq kelgan  yillari  shahar va qishloqlarda  qishlab ham  qoladi.  Mayda  hasharotlar 

va  odam  yashaydigan  joylardagi  pashsha  hamda  chivinlarni  qirishi  bilan  foydali 

qush hisoblanadi. 

 



 

28 



Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin