M. H. Ahmedov, M. R. Shermatov


Katta chittak – Purus major L



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/55
tarix30.03.2022
ölçüsü1,91 Mb.
#54474
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55
fargonaning umurtqali hajvonlari

 

Katta chittak – Purus major L.  

 

O„rta Osiyoda uchraydigan chittaklarning eng 



kattasi,  uning  kattaligi  dala  chumchuqlarining 

kattaligichadir. 

Rangi 

o„zgaruvchan. 



Yelka 

tomondagi  patlari  sariq-yashil,  qorin  tomoni  sariq 

yoki yelkasi havorang-kulrang, qorin tomoni oqish, 

boshining  usti  va  qorin  tomoni  o„rtasi  qora,  dum 

patlarining  chekkasi  oqish.  Bu  qushlar  O„rta 

Osiyoda  qariyb  daraxtsimon  o„simliklar  bo„lgan 

hamma joyda uchraydi. Eski, kovak yoriqlariga ega 

bo„lgan  daraxtli  bog„lar  bularning  sevgan  joyi.  Yangi  yosh  bog„lardan  qochadi, 

shuning  uchun  bunday  joylarga  "skvorechniklar"  qilib  qo„yish  kerak.  Erta  bahor 

mart  oylaridan  o„z  juftlarini  topib,  daraxt  kovaklariga  quruq  barg,  hashaklardan 

uya  quradi.  Uyasiga  o„ntagacha  tuxum  qo„yadi.  Urg„ochilari  tuxum  bosadi, 

tuxumdan  chiqqan  bolalarini  16-17  kun  uyalarida  boqadi,  so„ngra  uchirma  qilib 

chiqib  uyalari  atrofida  olib  yuradi.  Bolalari  mustaqil  hayotga  o„tishi  bilan  qayta 

tuxum qo„ya boshlaydi. Kuzda uncha ko„p bo„lmagan galalar hosil qilishi mumkin. 

Daraxt  shoxlarida  hatto  daraxt  barglarida  chaqqonlik  bilan  harakat  qiladi.  Xilma 

xil  hasharotlarni,  kapalak  va  ularinng  qurtlari,  qish  oylarida  esa  o„simlik  donlari 

bilan  ovqatlanadi.  Bola  boqish  davrida  kapalaklarni  qurtini  ko„plab  ovlab, 

o„rmonchilikka  katta  foyda  keltiradi.  Sun‟iy  uyalarga  oson  ko„nikadigan 

qushlardan. 


Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin