M. H. Ahmedov, M. R. Shermatov


Hakka, Zag‘izg‘on – Pica pica L



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/55
tarix30.03.2022
ölçüsü1,91 Mb.
#54474
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55
fargonaning umurtqali hajvonlari

Hakka, Zag‘izg‘on – Pica pica L. 

 

Chumchuqsimonlar turkumining qarg„asimonlar 



oilasiga kiradi. Zag„izg„onni tanimaydigan odam kam 

uchrasa  kerak.  Boshi,  yelkasi,  qanotlarining  uchi, 

dumi  va  oyoq  patlari  qora,  qorin  tomoni,  qanotining 

usti  oq,  uzun  dumini  qora  rangi  ustida  yashil  rang 

tovlanib  turadi.  Zag„izg„on  o„troq  qushlardan,  O„rta 

Osiyoda  ancha  keng  tarqalgan.  Qalin  o„rmon  va 

bog„larda  chaqqon,  shoxdan-shoxga  sakrab  harakat 

qiladi.  Daraxtlarga  cho„plardan,  har  xil  sim  va 

iplardan dag‟al uyalar yasaydi. Hatto, ba‟zi da uyalari 

mayda  qirqilgan  simlardan  iborat  bo„ladi.  Uyalariga 

har  -xil  yaltiroq  narsalarni  olib  kelishni  yaxshi 

ko„radi.  Erta  bahor  havo  issiq  keladigan  bo„lsa, 

fevral-mart  oylaridan  9-10  tagacha  tuxum  qo„yadi, 

urg„ochisi 20 kungacha tuxum bosadi, shuncha kun bolalarini uyida boqib, so„ngra 

uchirma  qiladi.  Bular  katta  galalar  hosil  qilmaydi.  Lekin  biron  xavf  tug„ilsa, 

bezovtalanish tovushini boshqalari eshitishi bilan to„planib birgalikda kushandasini 

haydaydi.  Bular  juda  sezgir,  atrofdagi  holatni  juda  yaxshi  sezadi.  Masalan,  odam 

qo‟lidagi oddiy yog„och bilan ov miltigini farqiga boradi. Ovchilarni ko‟rsa tezda 

qochadi. Bu qushlar umurtqasiz va mayda umurtqali hayvonlar bilan ovqatlanadi. 

Mevali bog„larga biroz zarar keltiradi. Mayda qushlarni tuxumini va bolalarini yeb 

ularga  zarar  yetkazadi.  Ba‟zida  axlat  va  o„limtiklar  bilan  ovqatlanadi.  Farg„ona 

sharoitida  hakkani  keltirgan  zararidan  ko„ra  foydasi  ko„proq,  chiroyli  qushlardan 

hisoblanadi. 


Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin