Qora jarqaldirg‘och – Apus apus L.
Uzunqanotlar turkumi, jarqaldirg„ochlar
oilasiga kiradi. O„zbekistonga kelib ketuvchi
qushlardan hisoblanadi. Qishlash uchun Afrika,
Osiyoning Janubiga, Avstraliyaga uchib ketadi.
bular tez va chaqqon uchadigan kunduzgi
qushlar. Yerda yurolmaydi, yerdan qiyinchilik
bilan havoga ko„tariladi. Bu qaldirg„ochlar tog„
va pasttekisliklardagi jarliklarda yashaydi.
Keyingi yillarda qishloq va shahardagi har xil
minoralar va ko„p qavatli binolarni karnizlarida
yashashga moslashayotgan, shahar sharoitiga
moslashib borayotgan qushlarga misol bo„ladi. Farg„ona shahriga mart oyining
oxiri, aprelning boshlarida bir necha o„nlab hatto yuzlab galalar hosil qilib kela
boshlaydi. O„zlarining juftini topib ko„p qavatli uy karnizlariga patlar, poxol,
paxta, qillardan sulaklari yordamida yopishtirib uyalar quradi. Bu qaldirg„ochlar
uyalari atrofida narsalarga qo„nib o„tira olmaydi. Uchib kelib
to„g„ri uyalariga qo„nadi va uyalaridan havoga ko„tariladi.
Urg„ochilar 3-4 dona tuxum qo„yadi, urg„ochisi 18 kun tuxum
bosadi, bu davrda erkaklari urg„ochilarini boqadi. Jish bola
ochuvchi qushlardan, bolalarini 40 kun davomida uchib yurgan
pashsha, chivin kabi hasharotlar bilan boqib uchirma qiladi.
Shundan keyin katta - katta galalar hosil qilib ucha boshlaydi.
Minglab galalar hosil qilib, avgustning ikkinchi yarmidan
boshlab uchib keta boshlaydi. Qora jarqaldirg„och havoda
pashsha, chivin kabi zararli hasharotlar bilan ovqatlanib,
insonlarga katta foyda keltiradi.
|