M. H. Ahmedov, M. R. Shermatov


Zarg‘aldoq – Oriolus oriolus L



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/55
tarix30.03.2022
ölçüsü1,91 Mb.
#54474
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
fargonaning umurtqali hajvonlari

Zarg‘aldoq – Oriolus oriolus L.  

Chumchuqsimonlar  turkumi  zarg„aldoqlar  oilasiga  kiradi.  Zarg„aldoq  bizda 

keng  tarqalgan,  eng  chiroyli  qushlardan  biri  hisoblanadi.  Bularning  xo„rozlari, 

ayniqsa,  tovlanib turadi.  Yelka tomoni  va  qorin tomoni  to„q-sariq, qanoti va dum 

patlarining  o„rtasi  qora.  O„rta  Osiyoda  keng  tarqalgan  -  tog„larda,  daryo 

vodiylarida,  madaniy  landshaftlarda  uchraydi.  Bahorning  aprel  oxiri  va  may 

oylarida  uchib  keladi,  sentyabr  oylarining  boshlarida  uchib  keta  boshlaydi.  Qalin 

o„rmonlarda  yashashni  ma‟qul  ko„radi.  Juda  ehtiyotkor  qush,  odamdan  yashirin 

hayot  kechiradi.  Baland  daraxtlarga  har  xil  narsalarni  to„qib  uyalar  quradi.  Uya 

qurishda erkak va makiyoni birga ishtirok etadi. Tuxumini makiyoni bosadi, erkagi 

uni boqadi. Uyasiga 3-4 dona tuxum qo„yadi. Uyalarini boshqa yirtqich qushlardan 

(hakka,  qarg„a  va  boshqalar)  himoya  qiladi.  Bu  qushlar  haqiqiy  o„rmon  qushlari, 

yashil rangi ularga himoya vazifasini o„taydi, qalin shox-shabbalar orasiga ustalik 

bilan  yashirinadi.  Ularni  sayragan  tovushlarini  eshitib,  keyin  axtarib  ko„rish 

mumkin.  Yerga  kam  tushadi, 

yaxshi  yurolmaydi.  Olma,  nok, 

anjir mevalarini cho„qib bog„larga 

qisman zarar keltirishi mumkin. 

Zarg„aldoq  O„rta  Osiyodagi 

eng  chiroyli  qushlardan  biri, 

bizning  bog„larimizni  o„zining 

chiroyli ko„rinishi bilan bezabgina 

qolmay,  chiroyli  sayrashi  bilan 

insonlarga  zavq  bag„ishlaydi.  Bu 

qushlarni acrash kerak.  

 



 

25 



Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin