M. H. Ahmedov, M. R. Shermatov


Pushti rang chug‘urchuq, Soch – Pastor roseus L



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/55
tarix30.03.2022
ölçüsü1,91 Mb.
#54474
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55
fargonaning umurtqali hajvonlari

 

Pushti rang chug‘urchuq, Soch – Pastor roseus L.  

Chumchuqsimonlar 

turkumining 

chug„urchuqlar  oilasiga  kiradi.  Patlari  qora 

va  pushti  rangda.  Boshi,  ko„kragi,  qanoti, 

dumi  qora,  tanasining  qolgan  qismlari 

pushti.  Boshida  tovlanma  rangga  ega 

patlardan  iborat  popugi  bor.  O„zbekistonga 

kelib-ketuvchi qushlardan. O„rta Yer dengizi 

bilan  Kaspiy  oralig„ida  hamda  Hindistonda 

qishlaydi. 

O„zbekistonda  bahor  oylari 

ularning  uchib  kelish  vaqtlarida  bir  necha 

o„nlab galasini uchratish mumkin. Uyalarini 

tog„ 

qoyalariga, 



o„pirilgan 

yerlarga, 

daryolarning  jarlik  qirg„oqlariga,  temir  yo„llarning  qirg„oqlariga,  tashlandiq 

harobalarga bir nechasi yoki bir necha o„nlab gala bo„lib quradi. Uya qurishda va 

bolalarini  boqishda  erkagi  va  makiyoni  ishtirok  etadi.  May  oyining  ikkinchi 

yarmidan boshlab tuxum qo„yadi. May oyining oxirlarida 4-6 tadan jish bola ochib 

chiqadi. Bolalari 20 kundan keyin uchirma bo„lib, galalariga qo‟shila boshlaydi. U, 

asosan,  chigirtkalar  bilan  ovqatlanadi.  Bir  kunda  bir  dona  chug„urchuq  200  dona 

(200  gr)  chigirtka  iste‟mol  qiladi.  Bu  o„z  og„irligiga  nisbatan  ikki  marta  ko„p 

demakdir. Chug„urchuqlar galasi, olcha, gilos, uzum mevasi bilan ham ovqatlanib, 

bog„larga zarar keltiradi.  

Pushtirang  chug„urchuq  juda  ham  foydali  qushlardan  hisoblanadi.  Bular 

chigirtkalarni  qirish  bilan  bog„larga  keltirgan  zararini  qoplaydi.  Bundan  tashqari, 

chug„urchuqlar  zararli  qo„ng„iz,  yarim  qattiqqanotlilarni,  kapalak  qurtlarini  va 

boshqa hasharotlarni ham yeb foyda keltiradi. 

 



 

30 



Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin