Kulrang (yoki ombor) kalamush – Rattus norvegicus Berk.
Kemiruvchilar
turkumi
sichqonlar
oilasiga
kiradi.
Yer
sharining qutb va qutb sahrolaridan
boshqa
hamma
joyda
uchraydi.
O„zbekistonda keng tarqalgan. Kattaligi
25 sm, dumi doimo tana uzunligidan
kaltaroq, rangi kulrang, qo„ng„ir yoki
sarg„ish,
qorin
tomoni
oqish
bo„zrangda. Dumidagi hakam-dukam
qo„ng„ir qillari orasidan tangachalari
yiltillab ko„rinib turadi. O„zbekistonga ikkinchi jahon urushidan keyin kelib
qolgan. Kulrang kalamush odam turadigan binolarda, poliz va bog„, suv bo„ylariga
uya quradi. Qalin devorlarni, yog„ochdan qilingan eshik va pollarni kemirib o„ziga
yo„l ochadi. O„simlik va hayvonlar bilan ovqatlanadi. Ular yemaydigan narsaning
o„zi yo„q. Chirib, sasib yotgan o„limtiklardan tortib, tezaklarni ham yeydigan
hayvon. Hatto yosh bolalarni tishlab ketgan hollari ham bo„lgan. Hayvonot bog„ida
Afrika filining panjasini g„ajib, halok qilgani ham ma‟lum. Yerda va tik qoyalarda
tez, chaqqon yugurib yuradi, suvda yaxshi suzadi, yerni qazishga yaxshi
moslashgan, hidlov va eshituv organlari yaxshi taraqqiy etgan. Bolasi 3-4 oyda
voyaga yetadi. Yiliga 3-4 marta 5 tadan to 15 tagacha bola tug‟adi. Bular eng
xavfli zararkunanda hayvon. U omborlarda oziq-ovqat mahsulotlarini nobud qiladi.
O„lat, quturish kabi yuqumli kasalliklarni tarqatadi. Shahrimizda ularni ko„p
qavatli uylarning yerto„lalari, sug„orish ariqlaridagi quvur ichida va ko„proq
bog„larda, xonadon omborxonalarida ko„plab uchratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |