Uy sichqoni – Mus musculus L.
Kemiruvchilar turkumining sichqonlar oilasi vakilidir. Kattaligi 7-11 sm.
Dumi tanasi uzunligidan kaltaroq, mo„ynasi mayin. Rangi o„zgaruvchan. Kulrang,
qo„ng„ir, sariq va och qo„ng„ir bo„ladi. Yer sharida keng tarqalgan, hamma
biotoplarda uchraydi. Odamlar yashaydigan uylarda, eski harobalarda, hovli, bog„
va dalalarda uyalar quradi. Uylarimiz atrofida kechasi ko„plab uchraydi. Kalamush
ko„paygan yerlarda ularning soni ancha ozayadi. Chunki kalamushlar sichqonlar
bilan ovqatlanadi. Uy sichqonlarining embrional rivojlanishi 20 kun, 4 dan 12
tagacha bola tug„adi. Bolalari 1 oyda voyaga yetadi. Yil bo„yi ko„payib, 10
martagacha bola beradi.
Uy sichqonlari oziq-ovqat mahsulotlarini buzishi, boshqa har xil narsalarni
qirchishi, har xil kasalliklarni tarqatishi bilan katta zarar yetkazadi. Albatta, ularga
kurash choralari olib borish zarur.
Dostları ilə paylaş: |