M ike Tyson



Yüklə 45,02 Kb.
səhifə1/4
tarix01.04.2023
ölçüsü45,02 Kb.
#92326
  1   2   3   4
Mike Tyson


Mike Tyson



M
ike Tyson

Tyson 2019-yilda



Tavalludi

Michael Gerard Tyson

30-iyun 1966-yil (56 yosh)


Brooklyn, New York shahri, AQSh

Fuqaroligi

AQSh

Turmush oʻrtogʻi

  • Robin Givens
    (turm. 1988; ajr. 1989)

  • Monica Turner
    (turm. 1997; ajr. 2003)

  • Lakiha Spicer
    (turm. 2009)

Boʻyi

178 sm[1][2]

Bolalari

8

Sayt

miketyson.com

Michael Gerard Tyson (talaffuzi: Mayk Jerald Tayson; 1966-yil 30-iyunda tugʻilgan) — amerikalik professional bokschi, ogʻir vaznda mutlaq jahon chempioni (1987—1992). 1985-yildan professional boksga oʻtdi, WBC (Xalqaro boks komiteti) tasnifi boʻyicha ogʻir vaznlilar orasida eng yosh jahon chempioni boʻldi (1986). Tyson har bir uchrashuvni muddatidan oddin — nokaut bilan yakunlagani tufayli „Iron Mike[3][4] („Temir Mike“) taxallusini oldi. Qonunni buzganligi uchun ozodlikdan mahrum etilganligi (1992, 1999), uning boks faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Tyson 2002-yilda jahon chempionligi uchun boʻlgan uchrashuvda Lennox Lewisga yutqazdi.

Dunyoni larzaga keltirgan jang. Mayk Taysonning ilk mag‘lubiyati haqida


Bundan 32 yil avval 11-fevral kuni Tokioda shov-shuvli jang bo‘lib o‘tadi, uning natijasi jangdan-da shov-shuvli bo‘ladi. Natija esa butun dunyoni larzaga soladi. Bu jangnda Temir Mayk Tayson Jeyms Baster Duglasga yutqazib qo‘yadi. O‘sha oqshomda buyuk nokautchining adabi berib qo‘yilgandi.

Mayk Tayson hammaning “ajali” edi. Uni g‘azab boshqarardi


Tayson o‘z faoliyatini 18 yoshida boshlagan va darhol ringdagi raqiblarining dodini bergan. Mayk bir yarim yil davomida 27 ta jang o‘tkazib, har birida g‘alaba qozongan, shunchaki aql bovar qilmas tezlik. Ba’zida uning janglari orasidagi interval bir haftani tashkil qilardi. Mayk ringga chiqib, istalgan raqibini yer tishlatardi. 1986-yilda u Trevor Berbikni ikkinchi raundda nokautga uchratib, o‘zining birinchi jahon chempionligini qo‘lga kiritadi. Mayk og‘ir vazn toifasi tarixidagi eng yosh chempionga aylanadi, jang kuni u 20 yosh-u 145 kunlik edi. Bu natija haligacha yangilangani yo‘q.
2,5 yil davomida Tayson raqiblarini mag‘lub etaverib, WBA, IBF, WBC va The Ring kamarlarini to‘plab qo‘ydi. U og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangandi. Faoliyatini yakunlagandan so‘ng bokschi o‘zining yoshlik paytlarini quyidagicha yodga olgan: “O‘sha paytda bamisoli maxluq bo‘lganman. Qo‘lqoplarni kiyib, ringga chiqqanimda shaxsiyatim o‘zgarardi. Mayk Tayson boks tushmasdi, bu boshqa odam edi. O‘shanda zarbam bilan odamlarni o‘ldirib qo‘yishim mumkinligini o‘ylamaganman ham, chunki bu qo‘limdan kelardi. Gavda jihatidan o‘zimdan kattaroq yigitlarga qarshi chiqardim, lekin bunga ahamiyat bermaganman. Meni g‘azab boshqarardi”.
1990-yillarning boshlarida Tayson birinchi og‘ir vazn toifasida sobiq chempion va chempionlikka birinchi da’vogar Evander Holifild bilan uchrashishi kerak edi. Jang uzoq vaqt davomida rejalashtiriladi, biroq yamaykalik Aleks Styuart ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Holifild dam olish va hayotidagi asosiy jangiga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt so‘raydi.
Tayson jamoasi bo‘sh turishni istamaydi. Mayk o‘zining so‘nggi himoyasini 1989-yilning iyul oyida o‘tkazgandi va bu paytga kelib, raqib izlash bilan ovora edi. Shuning uchun Taysonning promouteri Don King unga katta jang oldidan oraliq himoya jangini o‘tkazishni va Baster Duglas bilan mashq qilishni taklif qiladi. Taysonning navbatdagi himoyasi Tokioda o‘tkazilishi uchun yaponlar eng yirik boks tashkilotlariga 6 million dollar to‘lab beradi. Kingning cho‘ntagiga qancha yapon puli tushgani esa hamon noma’lum, ammo gap yetti xonali summa haqida ketayotgani aniq.
Mayk taklifga rozi bo‘ladi, chunki unga kimni kaltaklashning umuman farqi bo‘lmagan.

Yüklə 45,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin