III Bob.Suvda va quruqlikda yashovchilar kelib chiqishi tarixi va ularning quruqlikka chiqish sabablari Suvda va quruqda yashovchilar – quruqda yashovchi umrtqalilarning birinchi sinfi bo’lib, suvda yashagan qadimgi ajdodlarning bir qancha belgilarini ham saqlab qolgandir. Bu hayvonlarning individual rivojlanishida muhitning almashinib turishi juda ham harakterlidir. Amfibiyalarning dastlabki rivojlanishi suvda o’tadi va suvda yashashga layoqatlashgan lichinkasi (itbalii) metomorfozlashib quruqlikda yashovchi etuk hayvonga aylanadi.
Quruqda yashovchi umrtqalilar singari amfibiyalarda besh barmoqli bo’imli oyoqlar bo’ladi. Bosh skeleti umrtqa poonasiga harakatchan birikadi. O’pka va terisi nafas olish organlari vazifasini bajaradi. O’pka orqali nafas olish munosabati bilan ikkita yurak bo’lmasi ikkita qon aylanish doirasi yuzaga keladi. Eshituv organida ichki quloqdan tashqari o’rta quloq (noora pardasi) bo’lishi eshituv organini havoda tovush to’lqinlarini eshitishga layoqatlashgandir.
Sistematikasi – suvda va quruqda yashovchilar – umrtqalilarning hammadan ko’ra turlari kam sinfi bo’lib, hozir 1900 turni o’z ichiga oladi. Umrtqalilarning barcha sinflaridan suvda va quruqda yashovchilar erning hammadan kam qismini ishol qiladi. Ular chuchuk suv havzalarining chetki qismlaridagina yashaydi va dengizda ham okeanda ham uchramaydi.
Hozirgi amfibiyalar uchta turkumga bo’linadi:
Oyoqsizlar (Apoda)
Dumlilar (Urodela)
Dumsizlar (Anura)
Turlari eng ko’p bo’lgan turkum bu dumsiz amfibiyalardir, ular uzun orqa oyoqlarining yordamida, quruqlikka sakrab yurishga moslashgan bo’lib, hamma materiklarga tarqalgandir. Tipik vakillari: triton, salamandra bo’lmish birmuncha primitivroq dumli amfibiyalar ancha kam uchraydi va faqat Shimoliy yarim sharda (150 ga yaqin turi) tarqalgan. Nihoyat uchinchi turkum oyoqsizlardir bu turkumning turlari juda oz (50 tacha) bo’lib unga faqat tropik chervyagalar kiradi, chervyagalar juda qadimgi kosali (panstirli) amfibiyalarning erni kovlab hayot kechirishga layoqatlanganligi orqasida hozirgi zamonga qadar yashab qolgan qoldiqlari bo’lsa ajab emas.