Suvda va quruqda yashovchilarning tuzilishi va hayot kechirishi Vakil: Ko’k baqa yoki ko’l baqa (Rana temporaria)
Tashqi ko’rinishi – baqaning tanasi kalta va keng bo’lib, kattagina yassi boshiga bilinmasdan qo’shilib ketadi, chunki baqaning bo’yi ko’rinib turmaydi. Dumi yo’q, boshining ikki tomnida bo’rtib chiqqan ko’zlari joylashgan, bu ko’zlarda pastki va ustki qavoqlar mavjud. Hamda uchinchi qovoq yumgich parda bor. Oiz katta, uning ustida bekitgich klapanli burun teshigi bor. Oldingi oyoqlarida 4 ta barmoq bo’lib, ketingi oyoqlariga nisbatan kalta, (faqat shular uchun xos) orqa oyoqlari juda uzun, pardali beshta barmoi bor. Tanasining oxirida chiqaruv teshigi kloaka bor. Gavdasi teri bilan qoplangan, terida maxsus shilimshiq ajratib chiqaruvchi bezlar bor.
Teri qoplaichlari – suvda va quruqda yashovchi barcha hayvonlarning terisi singari, baqa terisi ham muhim nafas olish, suv almashishi organidir. Terisida shox tuzilmalar umuman bo’lmaydi, shilimshiq chiqaradigan bezlar nihoyatda ko’p. Baqaning terisi boshidan oxirigacha gavdaga yopishgan bo’lmaydi, ma’lum joylardagina gavdaga yopishgan bo’ladi.
Skeleti – yurishga moslashishi natijasida, baqa oyoqlarining juda boshqacha bo’lib tuzilganligi va dum bo’limi yo’q bo’lib ketganligiga yarasha baqa skeletida juda ham o’ziga hos bo’lib tuzilgan belgilar bor.
Umrtqa poanasi –faqat to’qqizta umrtqadan tashkil topgan bo’lib
4 ta bo’limga
1. Bo’yin
2. Tana
3. Dumaza
4. Dum
Hamma amfibiyalarda bo’ynida faqat bitta umrtqa bor. Tana bo’limida 7 ta dumaza 1 ta umrtqadan iborat. Dum bo’limi bitta uzun suyak urostil (Urostyl) dan iborat.
Bosh skeleti – suvda va quruqda yashovchilarning bosh skeleti ikki qismga:
Miya qutisi
Vissteral bosh skeletdan iborat.
Baqaning miya qutisi ham bir oz xondrial suyaklarga ega bo’lib, ega bo’lib deyarli nuqul toaydan iborat, bu toay juda kam qoplagich suyaklar bilan qoplangan. Miya qutisining ensa bo’limida bo’rtmalar bor bular harakatchan bitta bo’yin umrtqasiga birikadi. Vissteral bosh skeleti ustki va ostki ja suyaklaridan iborat va bir nechta tanglay suyagi, yonoq suyagi, tish suyaklaridan iborat, bularda qisman suyak bo’ladi.