M. L. Tursunxodjayev Tashkent davlat texnika universiteli


səhifə108/172
tarix13.12.2023
ölçüsü
#175783
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   172
LOGISTIKA. Umarova D.M

10-BG B. XARID LOGISTIKASI
Reja:
1. Xarid logistikasining muammolari va funksiyalari.
2. Materiallarni xarid qilish jarayoni va uning asosiy hosqichlari.
3. Xarid qilish logistikasining amal qilish mexanizmi.
4. Xaridni rejalashtirish.
5. 
Iste'molni aniqlash va tahlil qilish.
6. Buyurtma berilgan materiallarning miqdorini hisoblash.
10.1. Xarid logistikasining muammolari va
funksiyalari
Xarid logistikasi tushunchasi. 
Xarid logistikasi bu korxonani 
moddiy resurslar bilan ta ’minlash, resurslami korxona omborlariga 
joylashtirish, ularni saqlash va ishlab chiqarishga jo ‘natish jarayo- 
nidir.
Xarid logistikasining maqsadi b o lib , ishlab chiqarishning m ate- 
riallarga bo‘lgan talabini maksimal darajada iqtisodiy samara bilan 
qoniqtirish hisoblanadi.
Bu maqsadga bir qator m uam m olar hal qilinishi natijasida 
erishiladi. Bu muammolarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) xomashyo, materiallar va ehtiyot qismlarni xarid qihshning 
asoslab berilgan muddatlariga tayanish;
2) kelib tushishlaming miqdorini, ularga bo ‘lgan talab bilan 
mosligini ta ’minlash;
3) xomashyo, materiallar va ehtiyot qismlarining sifatiga qo‘yi- 
ladigan ishlab chiqarish talablariga rioya qilish.
Xarid logistikasisiz korxona m e’yori faoliyat ko'rsata olmaydi. 
U turii xil m ahsulot ishlab chiqaruvchilar va ularning ishini 
nazorat qiluvchilar o ‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in b o ‘lib xizmat qiladi.
Xarid logistikasining funksiyalari. 
Xarid logistikasi quyidagi 
funksiyalarni bajaradi:
163


— moddiy resurslami xarid qilish strategiyasi ni shakllantirish 
va ularga bo‘lgan talabni bashoratlash;
— potensial yetkazib beruvchilar tom onidan tushadigan taklif- 
larni qabul qilish va baholash;
— yetkazib beruvchilarni tanlash;
— moddiy resurslarga qo‘yiladigan talablarni aniqlash hamda 
m ateriallar va mahsulotlarga beriladigan buyurtm alar m iqdorini 
hisoblash;
— b u yurtm a berilayotganda resurslar narxitii keiishish va 
yetkazib berish haqida shartnom alar tuzish;
— materiallar kelib tushish m uddatlari ustidan nazorat;
— moddiy resurslar sifatini qabul qilish nazoratidan o ‘tkazish 
va omborlarga joylashtirish;
— moddiy resurslarni ishlab chiqarish b o ‘linmalarigacha yet­
kazib berish;
— om borlarda moddiy resurslar zaxiralarini m e’yoriy darajada 
ushlab turish.
Yuqorida aytib o ‘tilgan funksiyalar moddiy texnik ta ’m inot 
xizmati (xarid bo‘limi) va korxonaning boshqa bo‘linmalari bilan 
o ‘zaro bog'liq holda amalga oshiriladi.
Bu bo ‘linmalar quyidagilar: marketing bo ‘limi, ishlab chiqarish, 
ishlab chiqarishni tayyorlash xizmati, buxgalteriya, moliyaviy va 
yuridik bo ‘limlar.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin