M muxamedova


ideal obrazga ega boigan munosabat o‘z kiymatini saqlab qoldi. Vizantiya


səhifə140/237
tarix13.12.2023
ölçüsü
#174868
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   237
Muxamedova M. Me\'morchilik asoslari

ideal obrazga ega boigan munosabat o‘z kiymatini saqlab qoldi. Vizantiya


me’morchiligining o‘ziga xos tomonlarini IV asrda uning maydoniga
xristian dinining kirib kela boshlagan davridan shakllana boshiadi343.
Bu xususiyat Vizantiyaning dastlabki gullagan davri VI-VII asrlarda
yaqqol namoyon bo'ldi. Konstantinopol bu davrda, buyuk Vizantiya
imperiyasining faqat siyosiy markazi emas, balki madaniy o‘chog‘iga
ham aylandi. «Ikkinchi Rim» deb nom olgan bu shaharda monumental
qurilish san’ati rivojlandi.
Bu yerda xashamatii monastir va ibodatxonalar ansambilini yaratish
yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu ansambl tiplari rang-barang. Ayniqsa,
Vizantiya uchun antik ijtimoiy ma’muriy binolami qurish san’ati
an’analari asosida qurilgan markaziy gumbazli va cho‘ziq bazelika
tipidagi ibodatxonalar qurilishi xarakterlidir.
Bu binolarda ichki interyeming fazoviy kengligi xristian ibodati
talabi asosida yechilgandir. Bu binolar tashqi ko‘rinishidan sodda, vaz-
min, lekin ichki kenglik nihoyatda nafis va serxashamdir. Shu maqsadda
me’mor interyer uchun yorqin, serjilo marmar, oltin va shunga o‘xshash
qimmatbaho materiallardan keng foydalangan. Nur va soyaning xona
ichidagi mosligi unga alohida sirli va sehirli kuch baxsh etgan.
Ilk Vizantiya ibodatxonasining namunasi - Ravennadagi uch nefli
Sant Apollinare Nuovo bazelikasida shu xususiyat o‘z ifodasini topgan.
CHo‘ziq bazelika tipida ishlangan bu ibodatxonaning markaziy keng nefi
tepadagi darchalardan tushayotgan nurlar hisobiga yanada tantanavorlik
kashf etadi. 0 ‘ng neflar ustunlaming ritmini yanada oshiradi. Asosiy
diqqatni diniy marosimlar o‘tadigan maydonga yunaltirilgan.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin