derazalarini vitraj kompozitsiyalari egalladi. Bu davrda xaykaltaroshlik hamon yetakchi o‘rinda boiib. insoniylik. oliyjanoblik, hamkorlik uluqlanib, o‘z ifodasini topa bordi. Donatorlarga atab yodgorliklar o‘rnatish, xaykallar qo‘yish (masalan, Ekkegart va uning kayligi Uta Germaniya, XIII asr) odati paydo boiganligi ham san’atning tarqibotchilik roli ortib borayotganligini ko‘rsatadi. XII-XV asrlarda gotika uslubini deyarli hamma mamlakatlar o‘z boshidan kechirdi. Lekin bu uslub mahalliy sharoit va davr talabidan kelib chiqib, o‘ziga xos ko‘rinishni kashf etdi. FRANSIYA. Gotika vatani hisoblangan Fransiyada bu uslubda ishlangan asarlar nisbatining nafisligi bilan xarakterlanadi. Parijdagi Bibi Mariyam sobori (Notr Dam, de Pari, 1163-yili boshlanib ayrim qismlari 1314-yiIda tugallangan) ilk gotikaga mansubdir. Besh nefli, kichiq transepli bazilika tipidagi bu binoning old tomonida ikki minora mavjud. U soborning baland va «falakka intilayetgandek» boiib ko‘rinishiga xizmat qiladi. Peshtoq, darcha, deraza va eshikiar tepasiga nayzasimon arkalar uning yengil va dinamik ko‘rinishini ta’minlaydi. Reyerndagi sobor (XIII asrda boshlanib, XIV asrda tugallangan) gotikaning eng rivojlangan davriga mansub. Uning uzunligi 150 m, minoraning balandligi 80 m. Bu sobor o‘z vaqtida halq birligini tarannum etuvchi ramziy belgi sifatida qabul qilingan. Bu binoda gotika uslubi o‘zining klassik ko‘rinishgini namoyon qildi.
Amyendagi sobor gotikaga xos nisbatlar go'zalligi, umumiy ko‘rinishi yaxlitligi buzula boshiaydi. Dekorativ bezaklaming mulligi