degan farazlar bor. Nil quyilishidagi gavanlar ko‘p vaqtlar finikiylirga
tegishli edi. Misr boshqa halqiarga xuddi Xitoy kabi uning portlari
oehilgun'ga qadar, faqat o‘zining olib chiqib ketadigan predmetlari bilan
ma’lum edi. Lekin hattoki mana shu mayda badiiy mahsulotlar ham
keyingi davrlar sna’atini ilhomlantirish uchun yetarli bo‘ldi. G‘arbning
barcha me’morchiligi asosida biz aynan misr me’morchiligi uslub va
imzosini ko‘ramiz70.
Eramizning 638-yilidan boshlab Misr
tarixida mutloq yangi davr-
musulmonlar davri boshlandi. Lekin biz qadimgi Misr madaniyati
haqida so‘zlar ekanmiz, biz uning asosan buyuk davlat darajasiga
ko‘tarilgan davridagi me’morchiligi va san’ati haqida ko‘proq fikr
yuritamiz.
Mamlakat Narmer davrida yagona davlatga aylantirilgan
vaqtdanoq Misrliklar metaldan foydalanish yo‘llarini bilib olganlar.
Avvaliga misdan, keyin esa bronzadan har xil asboblar, qurol yaroqlar
ishlaganlar. Ammo bu kashfiyotlarga qaramasdan.
Toshni ishlash va
durodgorchilik san’ati muhim o‘rin tutgan. Chunki bu hunarni
misrliklar mukammal darajada bilganlar. Masalan, shoxlar qabrlaridan
topilgan toshdan ishlangan ajoyib ko‘zalar va guldonlar eramizdan
awalgi 2800-yillarga, ya’ni birinchi sulola davriga to‘g‘ri keladi.
Nil atrofida joylashgan dastlabki ko‘chmanchilami o‘ziga jalb
etgan bu daryo inson uchun eng zarur bo‘lgan hayotiy bir ma’nba edi.
Nil daryosi faqat hayot va madaniyat ma’nbai emas,
balki tashqi
dunyo bilan aloqa qilish yo‘li ham boigan. Unda turli xildagi kemalar,
ayniqsa, savdo kemalari doimo ko‘p boigan. Kemalardan ba’zilari
hatto 0 ‘rta dengizga chiqishga ham jur’at etganlar. Misrda yozuv
majburiy ravishda arxivlarni saqlash, ayniqsa, halqdan soliq solish
jarayonida vujudga keldi.
Qizigi shundaki, misrliklar undosh
tovushlamigina ishlatganlar. Misrliklar Nil qirg‘oqlarida o‘sadigan
«papirus» o‘simligidan yozuv qog‘ozni kashf qilganlar.
Qadimgi Misrda ma’muriyat Nil yoqalab joylashgan «nom» lar
asosida vujudga keldi. Mahalliy hukmdor doirasida boigan ma’muriyat
«nomark» deb yuritilgan. Har bir nomark o‘zinmg xususiy adliyasiga
va xuddi hozirgi zamon hizmatchilari kabi o‘zining mirzalariga ega.
1-va 2-sulolalar fir’avnlari «mastaba» deb ataluvchi qabrlarga dafh
etilganlar71. Ko‘pincha atrofi toshlar bilan to‘silgan mastabalar xom
g‘ishtlardan to‘g‘ri burehak shaklida tiklangan bo‘lib, juda ko‘p
xonalardan tashkil topgan72.
Mo‘miyolangan tanani oltin plastinka bilan qoplangan yog'och
tobutga solganlar. Mashhur Tutanhamon maqbarasi bo'yicha fikr
yuritadigan bo‘lsak (bizga ma’lum bo‘lgan fir’avnlarning dafhlari ichida
o‘g‘irlanmay topilgan yagona maqbaradir), undagi tobut juda chuqur
(uchtasi ustma - ust qo‘yilgan) va toza oltindan ishlangan.
Bunday
mo‘miyolash odati podsholik uchungina boiib, ayniqsa, u yangi
podsholik davrida Nubiy mamlakatidan ko‘plab oltin olib kelish vaqtida
avj olgan.
Misr ehromlari. Z-sulolaning birinchi fir’avni
Joser
boigan. Joser
ehromi (piramidasi) ning qurilishi katta toshlardan ukan binolar ixtiro
qilgan va yozuv san’atida yuksak yutuqlarga erishgan me’mor Imxotep
nomi bilan bogiiq. Joser qabri Qoxiradan taxminan 6 km. narida
joylashgan. Toshdan ishlangan bu
ulkan maqbara dunyodagi eng
qadimgi yodgorlikdir. Uning qurilish vaqti eramizdan awalgi 2780 yilga
to‘g‘ri keladi.
Bu inshoot bir qator zinapoyalardan tashkil topgan ehrom boiib,
ustma-ust qo‘yilgan va yuqoriga ko‘tarilgan sari kichrayib boruvchi bir
qancha mastabalar yigindisidan iborat Piramidaning asosi kvadrat
boiib, u qoyaning 25 m ichkarisiga joylashgan. Yana pastroqda esa
fir’avnning dafn qilish xonasi boigan. Piramida va uning
atrofi ohak
toshlardan terilgan baland devor bilan o‘rab olingan.
Ana shu devoming ayrim qismlari hozirgacha saqlangan yoki ular
qayta tiklangan. Ichki devoming qarama - qarshi tomondan qator
yodgorliklar qad ko‘targan. Ehtimol, ular bir xil xudolarga bag‘ ishlangan
ibodatxonalar boisa kerak. Imxotepning qiyofasi binoning ichkarisida
xaykal ko‘rinishida paydo boiadi. Bu bilan misrliklar
vaziming
obro‘si
va qudrati naqadar yuksak ekanligini ko'rsatganlar. 3-sulola uning oxirgi
fir’avni SnofiTinning vafoti bilan tamom boigan. U tiriklik vaqtida o‘zi
uchun tomonlari tekis boigan ikkita ulkan piramida qurdirgan. 4-sulola
kelib piramidalar qurish katta davri boshlangan.
71 A World History of architectiire. Marian Moffet, Mich ail W Fario, Lawrence Wodehouse. London . 2003. P30(
Mastabas, die earliest tombs, were built as eternal houses for the departed and were in all likelihood based on design
of the dwellings o f the living. The basic mastaba was bfocidike structure above ground containing a
small
room for
offerings and another chamber for the body and statue of the deceased.)
72 Auguste Choisy. Tbe World History of Architecture. London. 2009. P-25 (Опост Шуази.
Всеобщая история
архитектуры. ООО Издательство ЭКСМО 2009 kitobning rus tih’dagi taiqinidan foydalaniigan)
Yüklə
Dostları ilə paylaş: