Misrda 70 dan ortiq piramida bor. Ular Sakqarax va Dashurdan to qarbdagi Xauvaragacha cho‘zilgan. Har bir piramida faqat fir’avnning qabridan iborat boigan. Joser podsholik qilgan davrdan so‘ng malikalar ham o‘z1 arming shaxsiy piramidalariga ega bo‘la boshlaganlar. Asosiy piramidalaming atrofida esa oliyjanob va yuqori mansabli kishilar uchun mastabalar joylashgan73. Misrdagi mashhur piramida 4-sulolaning birinchi fir’avni Xufu tomonidan qurilgan. Uni yunonliklar Xeops deb ataganlar. Bu piramida qoxira yaqinida Nilning qarb tomonidagi toshloq yerda qad ko'tarib turadi. Undan uncha uzoq bo‘lmagan masofada Xeops merosho‘rlari Xafr va Mikerinoslaming piramidalari joylashgan. Ana shu uchala piramida birgalikda ta’sirchan arxitektura uyg‘unligini vujudga keltiradi. Xeopsning ulkan piramidasi yagona saqlangan piramida boiib, yunonliklar uni Yetti iqlim mo‘jizasi deb ataganlar. Darhaqiqat, u yaxlit va yetarli darajada mustahkam inshoot boiib, 2. 300. 000 ta oxaktosh bloklaridan ishlangan. Jumladan, har bir blok o‘rta hisobda 2,5 tonna og‘irlikda bo‘lgan. Piramidaning ichida bir nechta bir-biri bilan chalkash yo‘llar bor boiib, ulardan biri shoxning jasadi qo'yilgan xonaga olib boradi lekin bu yerdagi jasad o‘sha Joseming go'rxonasidan farq qilgani holda, piramidaning o‘rtasida joylashgan. Xona granit bloklar bilan qoplangan. Har biri taxminan 60 tonna keladigan bloklar 900 km masofadan Assuandan keltirilgan. Sarkofag hamda tosh tobutning sirtqi tomoni mustahkam granitdan ishlangan. Eramizdan 4500-yil avval qad ko‘targan bu bino bizni hanuz taajublantiradi, chunki misrliklar bu davrda g‘ildirak bilan hali tanish