qurilgan. Bu qo‘rg‘onlaming devorlari og‘irligi 5-6 tonna keladtigan toshlardan qurilgan boiib, devoming qalinligi 6-10 m, hatto undan ortiq ham boigan. Masalan, Tirinif qo‘rg‘oni devorining qalinligi 17, 5 m boigan. Devor ichi bo‘sh!iq boiib, u yerda xazina, ozik-ovqat, qurol-aslaxa saqlangan. Trinifdagi akropol sodda, atrofi qalin devor bilan o‘ralib, uning uch darvozasi boigan. Mikena me’morligida darvoza qurilishiga katta e ’tibor berilgan. Mikena qo^rg'oning markaziy darvozasi «sherlar darvozasi» deb
nomlangan. Darvoza atrofi yaxlit katta toshlardan quriigan. Tepasiga ustunlarni ushlab to‘rgan ikki sheming burtma tasviri ishlangan. Bu ustun Mikena podsholari qudrati va birligini ramzi bo‘Igan1,8. Er. av. XII asr o‘rtalarida Bolkon yarim orollarining shimolidan janubga tomon siljiy boshlagan doriy qabilalarining Egey orollaridagi davlatlarini bosib olishi Peloponnesdagi Egey madaniyatining tugashiga sabab bo‘ldi. Lekin uning boy madaniyatining keyingi ellin madaniyatiga ta’siri kuchii bo‘ldi. Efladaliklar Egey madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini o ‘zlashtirdilar. Ular Krit-Miken diniy-mifologik tushunchalarini qabul qiladilar. Odatda, qadimgi Gretsiya me’morchiligi tarixi Mikenaning qulashi va doriylar tomonildan peloponnes, uning janubida joylashgan orollar, Kritning bosib olinishi bilan boshlanadi va er. av. XI asrdan to er. av. I asrgacha bo‘lgan davmi o ‘z ichiga oladi. Bu tarixiy-badiiy davr to‘rt bosqichdan iborat: 1. Gomer davri (er. av. XI-VIII asrlar). 2. Arxaika davri (er. av. VII-VI asrlar). 3. Klassika davri (er. av. V-IV asrlaming birinchi uch choragi). 4. Ellinizm davri (er. av. IV-I asrlar).