Bu asarlarda Gretsiya yerlarida mulkiy tengsizlikning kelib chiqishi natijasida, quldorlik tuzumiga zamin yaratildi. Bu davrda Grek mifologiyasi, halq epik poeziyasi paydo bo‘lib, ularda halq hayoti, uning ma’naviy intilishi va jasorati tarannum etiladi. Shu davrga oid me’morlik namunalari esa, qa’Ia, qo‘rg‘onlaming qoidiqlari orqali yetib kelgan. Ular o‘z xarakteri jihatidan Mikena me’morligini eslatadi. Loy, tosh, yog‘och, bronza yoki suyakdan ishlangan xaykaltoroshlik namunalari topilgan bo‘lib, ular yaxlit formada mayda detallarga e ’tiborsiz ishlangan. ARXAIKA DAVRI ME’MORCHILIGI. Er. av. VIII asr oxirla- ridan boshlab, ilk sinfiy jamiyat qaror topa boshiadi. Er. av. VII-VI asrlami arxaik, ya’niy qadimgi (grekcha «arxeyos»-qadimgi demakdir) davr deb nomlanadi. Chunki XIX asrda boshlangan arxeologik kashfiyot- larga qadar qadimgi Gretsiya tarixini er. av. VIII asrdan boshlar edilar. Doriylar iste’losi natijasida Gretsiyada kichik-kichik quldorlik davlatlari paydo bo‘ldi. Bu davlatlar istexkom bilan o ‘rab olingan manzillardan iborat bo‘lib, quldorlar yerlarini va o‘z mulklari boimish qullami himoya qilganlar. Bu davlatlar qadimgi greklarda polislar, ya’niy shahar-davlatldar deb nom olgan. Mulkiy tabakalanish davom etib, aristokratiya hukmronligi orta boshlagan. Bu keskinlik ezilgan ommani kurashga chorlagan. Bu kurash g‘alaba bilan tugab, zodogonlarning hukuklari chegaralanishi natijasida katta boimagan polislarda quldorlik demokratiyasi paydo bo‘lgan. Arxaik davri me’morlik san’ati shaharlaming rivojlanishi va qurilishi bilan bog‘liq. Shaharlaming muhim ijtimoiy markazi xudo yoki ilohiylashtirilgan qahromonlarga atab qurilgan ibodatxona boiib, u yerda shahar, davlat