bo‘rtma tasvir san’ati ham rimliklar san’atining o‘ziga xos tomonini belgilaydi. Qadimgi Rim tarixi eramizdan awalgi VI asrdan boshlanib, yangi eraning V asrigacha boigan davrini o ‘z ichiga oladi. Eramizdan awalgi VI asrga kelib, Rim aristokratik quldorlik respublikasiga aylandi. U Apenin yarimorolini zabt etib, 0 ‘rta yer xavzasida o‘z hukmdorligini o ‘rnatgach, eramizdan awalgi II asr o‘rtalariga kelib, shu yerdagi yirik davlatga aylandi. Bosib olingan yerlardan boyliklaming Rimga olib kelinishi uning ravnaqida muhim rol o‘ynadi, shu bilan birga, inqirozini ham tezlashtirdi. Mulkiy tengsizlik oshdi, ekspluatatsiyaning kuchayishi esa omma orasida norozilikni keltirib chiqardi. Ayniqsa, qullar qo'zqoloni (bular ichida Spartak qo‘zqoloni mashhur) respublika davrining inqirozga yuz tuta boshlaganini bildirdi. Uning o'mini Rim imperatorlik davri egalladi. Bu davr eramizdan awalgi 1 asr oxiridan yangi eraning 476-yiligacha davom etdi. Rim memorligining o‘ziga xos tomonlari, uning asosiy tiplari Rim respublikasi davridayoq namoyon boidi. Doimiy urush va qirqinlik, grajdan urushlari mantiqan aniq topilgan monumental me’morlik kompozitsiyalarida o‘z ifodasini topdi. Eramizdan awalgi VlII asrda ishlangan mudofaa devorlari, mamlakatning turli qismlarini tutashtiruvchi tosh to'shalgan keng yoilaming sodda va jiddiy ko‘rinishlarida davr ruxi va qurish sanati harakteri ko‘rinadi. Mashhur Appiy y o ii eramizdan awalgi 312-yili qurilgan. Bu yoidan Rim legionlari jangga borishgan. Shu davrda mustahkam ko‘prik va osma suv quvurlari (akveduklar) qurilgan Ular shaharga o‘ziga xos siluet baxsh etgan. Rimliklar qadimgi Gretsiyaga va boshqa ellnnistik