dek qilib ko‘rsatishga xizmat qiladi. Binodagi arka va ustunlar bu yengil- likni yanada oshiradi. Tojmahalning qarshisidagi hovuz suvida uning aksi tovlanib, butun ansambl jozibasini yanada kuchaytiradi. Dehlida shoh Jahon davrida quriigan Jome masjidi ham oq marmardan ishlangan, minoralari esa qizil marmar bilan pardozlangan. Grajdan memorligi ichida Dehlidagi Qizil Fort qo‘rg‘oni mashhurdir285 . Konfusiy haramidagi Dachendian qarorgohi saroyi syufu Xitoydagi Shandun provinsiyasiga qarashli (er. avv.V asr). Xitoydagi xilma-xii madaniy yodgorliklar, ya’ni qadimgi Xitoy me’morchiligi juda ham muhim o‘rin tutadi. Qadimgi Xitoy me’mor- chiligining eng mashhur namunalaridan "Gugun" saroyi, "Neva harami", "Ixeynan parki", Pekindagi "Yunnan pravinsiyasidagi", "Litszian" qadi miy shahri, Anxuey provinsiyasining janubiy qismida joylashgan qadimgi uy-joylar va boshqalar "Dunyo madaniy yodgorliklari katalogiga kirgan". Qadimgi Xitoy qurilishlari juda ham xilma-xii. Saroylar, machitlar, bog‘ xiyobonlari, qabristonlar va uy-joylar shular jumlasiga kiradi. Tashqi ko'rmishlari jihatidan bu qurilishlar tantanavor, ulug‘vor, chiroyli, ko‘rkam va dinamik bo‘lib, shu bilan birga ular bir-biri bilan yaqinligi jihatdan xarakterli xususiyatlarga ega, ya’ni Xitoy millatiga mansub boigan qurilish g‘oyalari estetik jihatdan bir-biriga yaqin. Qadimgi Xitoyda uylar qurilishidagi tipik uslublardan biri - yog‘ochlardan foydalanib, kaikas ustunlarining ishlatilishi hisoblanadi. Bunda yotiq qo‘yilgan sinchlaming ustiga yog‘och ustunlar qo‘yiladi va ulaming tomi cherepitsalar bilan yopiladi. Bizda aytishadiki, agarda devorlar yuvilib ketsa ham vayron bo‘lmaydi. Bu shuni belgilab beradiki, uyni ustunlar mustahkam ushlab turadi. Ishning mohiyati ham shunda.