uylar juda ham oddiy. Uylar qora-ko‘kimtir cherepitsalar bilan bo'yalgan, yog‘och xorkorlar esa qoramtir, jigarrang bo‘yoqlar bilan qoplangan. Uy atroflarida bambuk va banan daraxtlari o‘stiriladi. Shu singari qurilishlar hozirgi davrda ham Xitoyning Anxuey, Chjetszyan, Fuzian provin- siyalarida uchraydi. Qadimgi davrga mansub Buyuk Xitoy devori ko‘chmanchi halqlar- ning hujumidan himoyalanish uchun er. aw. 4-3 ming yilliklarda yaratildi. U Shimoliy Xitoy chegaralarini avvaliga 750 km ni o‘rab olgan
bo‘lib, so‘ngra uzunligi 3000 km keiadigan, balandligi 5 metrdan 10 metrgacha, kengligi esa 5-8 metr boigan ko‘plab qurilishlarni o‘z ichiga oldi. XV-XVII asrlar Xitoy me’morchiligi gullab yashnagan davrdir. Bu davrda saroy ibodatxonalari qurildi. Pekin va Nanxin shaharlari qurilishi davom etadi. XV-XVII asrlarda qurilgan eng ko‘zga koYmgan ansambl Pekin markazidagi Imperator saroyidir. Saroy yirik darvoza va devoriar bilan o‘ralgan. Pekin ibodatxonalari ham katta komptekslardan iborat boigan. Ulug‘vor Osmon ibodatxonasi (XV-X1X asrlarda qayta quril gan) bir necha binolardan tashkil topgan. Qadimiy Xitoy me’morchiligiga xos boigan bo‘shliqning beqi- yosligi XV-XVI asrlarda Min sulolasi (1368-1644) davridagi podsholar qabristoni ansamblida ko‘rinadi. Qabristonga 800 metrli katta alleya orqali boriladi. Bu alleyaning ikki tomoni odamlar va hayvonlarning ulkan figuralari bilan o‘ralgan. XV-XVI asrlar me’morchiligida ulug‘vorligi bilan ko‘zga tashlanadi. XVIIl-XIX asrlar me’morchiligida boshqa san’at turlaridagi kabi bezakdorlik, serhashamlik kuchayadi, Ba’zan, dekorativ naqsh, yog‘och o‘ymakorligidagi ortiqcha seihasha-