renessans me’morligi uslubini yaratdilar.
Devor sathi tekisligining
yaxlitligiga e’tibor kuchaydi, me’morlik mujassamotining chiziqli ritmi
va mutanosibligiga, xonaning kengligiga, uning yaxlit va ko‘rkamligiga
ahamiyat berila boshlandi; turar joy va ibodatxonalar qurilishi ham
yangilandi. Shahaming ijtimoiy ma’muriy markazi tarhi va tuzilishi
bilan boglik bo‘lgan yangi tipi paydo bo‘ldi. Florensiyada shakllangan
yuksak Uygonish davrining mumtoz uslubi Rimada,
keyinroq
Venetsiyada monumental yodgorliklar (monumental san’at) yarati-
lishiga sabab bo‘ldi. Yirik me’moriy ansambllar vujudga keldi, «ideal»
shaharlarning loyihalari yaratildi. Uyg‘onish davri arxitekturasi va
san’ati o‘z harakatini Italiyada to‘liq namoyon etib, qator taraqqiyot
bosqichlarini boshidan kechirdi. Bular asosan quyidagilardan iborat:
1. Uyg‘onish arafasi davri - protorenessans (XIII - XIV asrlar).
2. Ilk uyg‘onish davri - kvatrachento (XV asr). Uyg‘onish davri
haqidagi adabiyotlarda asrlaming italyancha atamasi:
XIII asr -
duchento, XIV asr - trachento, XV asr - kvatrachento, XVI asr -
chinkvachento ishlatiladi.
3. Yuqori uyg‘onish davri (XV asming 90 yillarl - XVI asming
20-30 yillari).
4. So‘nggi uyg‘onish davri (XVI asming ikkinchi yarmi).
Uyg'onish davri taraqqiyoti hamma mamlakatlarda bir xil boMmaydi.
Masalan, Germaniyada so‘nggi uyg‘onish davri, Niderlandiyada
esa yuqori uyg‘onish davri taraqqiyotini boshidan kechirmagan.
Uyg‘onish davri insoniyat taraqqiyotidagi muhim bosqich edi. Bu
insoniyat shu davrgacha o‘z boshidan kechirgan hamma o‘zgarishlar
ichida eng buyuk progressiv o'zgarish edi.
XIV
asming oxiridan boshlab Florensiya
Italiyadagi siyosiy va
madaniy markazlardan biriga aylana boshladi va butun Italiya badiiy
madaniyati hamda san’atning keng ko‘lamda qayta yangilanishi va
rivojlanishiga turtki bo‘ldi. XV asrda Florensiyada yashab ijod etgan
buyuk san’atkorlar Mazachcho, Donatello,
Brunellesko va ulaming
izdoshlari o‘z ijodlarida uyg‘onish davri san’ati prinsiplarini namoyon
etdilar. Bu san’atkorlaming asarlari gumanizm g‘oyalari bilan sug‘o-
rilgan bo‘lib, ular o‘z asarlari markaziga inson obrazini qo‘ydilar. Ilk
uyg‘onish davri san’atkorlari protorenessans san’ati yutuqlarini davom
ettirgan holda, uni ilmiy jihatdan boyitdilar, realistik san’atning yangi
qirralarini ochdilar. Ilk uyg‘onish davrida antik san’atga qiziqish yana-
da ortdi. Hayotni chuqur o‘rganish asosida san’atkorlar fikr doirasini
yanada kengaytirdilar. Bu davrda
ulkan binolar, g‘oyat katta gumbazli
va qator ustunli sobor, saroy va ibodatxonalar qurildi. Florensiyalik
me’moriar antik me’moriik an’analari hamda order sistemasidan unum-
li foydalandilar va bu an’analami o‘rta asr Italiya me’morlik yutuqlari,
mahalliy qurilish materiallari va konstruksiyalari bilan uyg‘unlashtirib,
renessans me’morligi uslubini yaratdilar. Bu uslub rivojiga gotika
hamda Vizantiya me’morligi uslubi ham samarali ta’sir qildi.
XIV
asr oxiri XV asr
Yüklə
Dostları ilə paylaş: