Uyg‘onish davri me’morchiligining yuksalgan davri Ilk uyg‘onish
davri o‘zining
umrini tugatib, yuqori uyg‘onish davriga asos yarata
boshiadi. Bu davr Florensiyaning hukmdori «Ajoyib-g‘aroyib Loren-
so» deb nom chiqargan Lorenso Medichi qo‘zg‘olon va noroziliklami
qattiqqo‘llik bilan bostirib, o‘z hukmronligini saqlab qoldi. U o‘z
daviatini tinch va osoyishta ko‘rsatish maqsadida mashhur
san’atkorlami to'pladi, ulaming ijodidan o‘z davlatining obro‘sini
oshirishda foydalandi. Lekin bu davrda tashqi tomonidan farovon va
osoyishta ko‘ringan Florensiyada pessimist, ertangi kunga umidsizlik
bilan qarash kayfiyati hukm surar edi.
XV asming ikkinchi yarmida
Venetsiyada ham uyg‘onish san’ati prinsiplari rivojlana boshiadi.
Italiya ilk uyg‘onish davrining yuqori uyg‘onish davriga o‘tish
chegarasini belgiladi. Vizantiya G'arbiy Yevropa davlatlari bilan yaqin
aloqada bo‘lgan boy savdogarlar respublikasi bo‘lgan Venetsiya
san’atkorlari Sharqning boy, serjilo va erkin san’ati hamda gotika
an’analarini o‘zIashtirgan holda, o'ziga xos jozibador san’at maktabini
yaratishga muvaffaq bo‘ldilar. Venetsiyaning yuqori uyg‘onish davri
san’ati o‘z prinsiplarini shakllantirishda keyingi Venetsiyaning buyuk
koloristlari uchun zamin yaratdi. Yuqori uyg‘onish davri nisbatan
qisqa, ya’ni XV asming 90-yillaridan XVI asming 30-yillariga qadar
bo‘lgan davmi o‘z ichiga oladi. Lekin mazmunan bu davr juda ulug‘ va
Italiya san’ati taraqqiyotining «Oltin asri» hisoblanadi.
Shu davrda yashab ijod etgan buyuk titanlar Leonardo da V inchi,
Rafael Santi, Mikelanjelo, Titsianlar bar tomonlama o‘tkir va bilimdon-
liklari bilan ham o‘z davrlarining ideal kishilari timsoliga aylandilar.
Yuqori uyg‘onish davri me’morligining asosiy prinsiplari
Rimda
shakllandi va rivojlandi. Leonardo da Vinchi (1452-1529) notarius
oilasida dunyoga keldi. Leonardo 17 yoshlik vaqtida otasi Florensiyaga
ko‘chib o‘tadi. Shu yerda Leonardo Andrea o‘z ustozi Verokkioga
yordamlashib, uning «Isoni cho‘qintirish» asarining chap tomonidagi
farishta rasmini ishlaydi va ustozidan ham mohirligini ko‘rsatadi.
Yuqori uyg‘onish davri uslubining asoschisi va tipik vakili Leonardo
da Vinchi san’atning ko‘pgina turlarida o‘z kuchini sinab ko‘rdi,
matematika, mexanika, fizika sohasida ilg‘or fikrlami ilgari surdi.
Leonardo uchun san’at hayotni bilish bo‘ldi. Leonardo Milanda
yashagan kezlari 1482-1499-yillari u o‘zini olim, rassom,
injener
sifatida namoyon etish imkoniyatiga erishdi. Me’mor sifatida Leonardo
Milanda bir qator surat va proyektlar ishladi.
«G‘ordagi madonna» (1483-1499), «Sirli oqshom» (1495-1497)
kabi mashhur asarlarini yaratdi. Milandagi Santa-Mariya de la Gratsiya
monastiri uchun ishlangan mashhur «Sirli oqshom» devoriy surati
Leonardo da Vinchini novator rassom darajasiga ko‘tardi. U Injildan
olingan an’anaviy syujetni erkin va asosan, obrazlarning his-tuyg‘u va
kechinmalarini ishonarli talqin etish hisobiga ochadi.
Leonardo da Vinchi umrining oxirida ilm, kuzatish va ularni
sistemalashtirish ustida ish olib bordi. Uning chiziq, rang, perspektiva,
rangshunoslik haqida yozib qoldirgan fikrlari hanuzgacha o‘z qiymatini
yo‘qotmagan.
Rafael Santi (1483-1520) Uyg‘onish davrining titanlaridan biri
bo‘lib, bu davr Rafael Santi ijodida o‘zining tugal talqinini topdi. XVI
asr boshlariga kelib, Rim Italiyaning
muhim siyosiy va madaniy
markaziga aylandi. Uning mavqeini orttirish maqsadida Rim papalari
yetuk san’atkorlarni shaharga taklif eta boshladiiar. Shu davrda
Mikelanjelo, Bramantelar qatori Rafael ham papalar diqqatini o‘ziga
tortdi va 1508-yili ularning taklifiga binoan Rimga keldi. Shu paytdan
Rafael ijodining eng gullagan davri boshlandi, shu yerda u o'zining eng
yetuk asarlarini yaratdi. Dastiab unga Vatikandagi papalar shaxsiy
xonalarining devorlarini bezash ishlari topshirildi. Rafael bu suratlar
ustida 1511-yilgacha mehnat qilib, uni muvaffaqiyatii bajardi. Bundan
xursand bo‘Igan papalar unga yana xonalami bezash va ularga devoriy
suratlar ishlashni davom ettirishni topshirishdi. Rafael me’mor sifatida
ham ijod qildi. U Bramante vafotidan keyin Avliyo Pyotr soborini
qurish ishlariga rahbarlik qildi, villa hamda cherkovlar uchun karton va
chizmalar ishladi, qalamda suratlar chizdi. Rafael 37 yoshida vafot
etdi401.
Mikelanjelo Buonarotti (1475-1564) 1475-yili 6-martda Florensiya
yaqinidagi Kapreze
shaharchasida dunyoga keldi, 13 yoshida u
Florensiyalik Domeniko Girlyandayo ustaxonasiga o'qishga kirdi. Uni
Medichilar saroyi qoshidagi badiiy maktabga o‘qishga qabul qilishdi.
Bu yerda u o‘z bilim va mahoratini oshirdi.
401 The World History o f Architecture. Auguste Choisy. London. 2009. Р.596(Опост Шуязи. Всеобщая история
архитектуры. ООО Издательство ЭКСМО. 2009 kftobmng m s tiiidagi Ulqimdan foydalanilgan)(The Papal
Basilica o f S t P e te r in the V attau i, or simply S t P eter’s
Yüklə
Dostları ilə paylaş: