rafter
Bog‘lovchi
to‘sm.
Tom to‘sinlarini pastki nishab tomonidan
ko'tarib turuvchi gorizontal yog‘och to‘sin.
Binding stone Bezakli tosh parchasi yopishtiriladigan tosh.
Blank door Eshik o‘mi. 1. Devordagi bo'shliq, kirish o‘mi. 2. G‘isht terib
yopib yuborilgan devordagi eshik o‘mi.
Blank wall, blind wall, dead wan. Yopiq devor. Ochiq qoldirib qurilmagan
devor. Eshik, deraza o'matish o'rinlari bo'lmaydi.
Blank window, blind window, false window Deraza o‘mi. 1. Tashqi
devordagi deraza kabi ochiq deraza o‘mi. 2. G‘isht terib yopib yuborilgan deraza
o‘mi.
Blind arcade Yopiq arkada, Rim binolarida devor yuzasida arklar qatorining
bo‘rtma tasviri. IX-XII asrlar.
Blind door 1. (blank door 2) 2. Chiypardali eshik. Oralari biroz ochiq qoldirib
qoqib chiqilgan gorizontal yog'ochlardan iborat eshik. Bunda havo aylanishi
hisobga olinadi.
Blind
joint
Yopiq
bo‘g‘in.
Materiallaming
qo‘shilgan
qismlari
ko‘rinmaydigani.
Blind pocket Quti. Deraza tepasida o‘matilgan metal tasmali chiypardaning
yig‘uvchi qutisi.
Blindstory Yopiq qavat. 1. Tashqi derazasi bo'lmagan qavat. 2. Gotik
cherkovida arkli galeriya.
Blocking cource Bo‘rtma qamas. Devoming eng tepa qismidagi tekis qatlain.
Block modillion Qosh, qalamqosh. Devor va shift tutashkan burchak bezagi.
Blue brick, Staffordshire blue Pechkada kislorod tanqis olovda pishib
ko‘karib chiqqan g‘isht.
Blunt arch Ravoqli ark, yarim aylana bo‘lmagan uchi burchakli ark. Uning
shakli sirkulda chizib chiqarilsa, ikki sirkul markazidan iborat bo‘iadi.
Brattishing, brandishing, bretisement Panjara va boshqa qurilmalaming
yuqori qismidagi bezakni yaratish. Ko‘pincha xoch yoki gulli shaklida.
Bread room Non xonasi. Non, pishiriqlar, shirinliklar kabi yeguliklar
saqlanadigan tokchali xona.
Breast Izora. 1. Devoming loyihadagi qismi, masalan mo'ri. 2. Devoming
deraza balandligidagi qismi. 3. To‘sinning ostki qismi. Panjaraning quyisi.
Breast molding Izora naqshi. 1. Devor o‘rtasidagi quyma naqsh. 2. Deraza
ostini qoplam bilan berkitish.
Breastwork I. Mo‘ri atrofidagi toshli bezak. 2. Binoning bosh ko‘rinadigan
kalta devori. 3. Shu balandiikdagi mudofaa devori.
Breccia Yerga bezak berib terilgan marmar.
Brick Pishiq g‘isht. Kirpich.
(Kirpich asli eski turUycha so ‘z)
Brick aud brick G‘ishtlami bir biriga bog‘lab terish usuli; ikki g'isht ustiga
qo'yilgan g‘ishtochiqjoyni yopibketadi.
Brick Dogging, brick and stud work, brick nog Sinch yoki to‘sinlar orasiga
g‘ isht terib chiqish.
Bridgeboard Yog‘och zinaning zinapoyalarini ko‘taruvchi uchburchak uzun
yog‘och.
Brise soleil Oyna o‘mida o‘matilgan, ochiq oralatib qoqilgan, quyosh nuridan
qisman yoki to‘liq asrovchi material. U qotirilgan yoki ko‘tariladigan bo‘ladi.
Broach 1. Uskuna bilan tosh yuzasini diagonal parallel chiziq tushirib o‘yish.
2. To‘rtburchak minora usti sakkiz burchak bilan davom ettiriladigan boisa,
ulaming moslashuv joyida hosil bo‘lgan piramidaning yarim ko‘rmishi. 3. Minora.
4. Har qanday tik ishlangan bezak.
Broached spire To‘rtburchak minora ustidagi sakkizburchak minora, ulaming
birikkanjoyi.
Brob Pona shaklda bo'lgan o‘tkir metall, to‘sin qotirishda ishlatiladi.
Broken arch Markaziy qismi uianmay ochiq qoldirilgan ark. Oldidagi
monument tanho ko‘rinib turishi uchun orqasida hech narsa qurilmaydi. Bunday
arklar yuk ko'tarmagani uchun uianmay qoldirsa bo‘iaveradi.
Broken pediment Uchuq peshtoq. Xuddi broken arch kabi bo‘ladi. Farqi
arch deb aylana gumbazga aytiladi, pediment deb uchburchak shaklli, tom kabi
nishabli peshtoqqa aytiladi. 0 ‘rtasi ochiq peshtoq.
Broken rangework Devorga terilgan turli o‘lcham va balandliklardagi tosh.
Sababi toshlar bir necha boiaklarga ajralib singan bo‘lishi mumkin.
Brontenm Gretsiya va Rim teatrlarida momaqaldiroq ovozini o‘xshatish uchun
yasalgan qurilma; tepaga yig‘ilgan tosh uyumi maxsus joyga tushirib yuboriladi.
Brotch Ingichka uzun daraxt shoxining U shaklida bukilgani. Tom lo‘mbozida
qamishlarni mustahkamlashda ishlatiladi.
Brownstone Jigarrang tosh. 1. AQSHda XIX asrda keng ishlatilgan to‘q
jigarrang yoki qizil rangli tosh. 2. Shu tosh bilan bezatilgan uy.
Brutalism, New Brutalism Beton va devor bezaksiz ochiq va qo‘pol
qoldirilishi tarafdori bo‘lganlaming arxitekturaviy yo‘nalishi
Bucraninm Buqa. Rimning Iona va Korinf usulidagi farizada tasvirlangan
buqaning bosh suyagi haykali. Ba’zan gulchambar osiIgan holda tasvirlangan.
Bulla Tutqich. Rimliklar eshigining nafis bezatilgan metall tutqichi. Eshik
qismlarmi qotirishda ishlatiladi.
Bull nosed step Qayrilma zinapoya. Eng quyi zina pog‘onasi chetining aylanali
qayrilma bezagi. Bezak sal kengroq ko‘rsatadi.
Bull’s eye Buqako'z. 1. Xalqa shaklli bezak. 2. Dumaloq yoki tuxumsimon
darcha. 3. Shu qurilmaning aylana bezagi. 4. Qabariq shisha disk.
Bundle pier Bog‘lamli ustun. Yuzasi to‘lqinsimon qiyshiq yoki siniq
ko‘rinishda bo‘lgan Gotik ustun. Bu kabi ustunlar qirg‘oq maydonchasi ostida,
ko‘prik ostida va deraza arki ostida tayanch qilib ishlatilgan.
Byodo-in Yaponiyaaing Kyoto shahrida 1052-yili Fujivara Michinaga uchun
qurilgan dalahovli. Asosiy zali Humo zali nomi bilan mashhur. Yaponiyaning eng
go‘zal obidalaridan bin.
Byzantine architecture Vizantiya me’morchiligi. Sharqiy Rim imperiyasi
bo‘lgan Vizantiya me’morchiligi. IV asrda xristian va Rim an’analari asosida gullab
yashnagan. 1453-yil Turklar Konstantinopolni egallaguncha Vizantiya mavjud
boigan. Ulkan gumbazlari, yarim dumaloq arklari va nafis ustunlari, rang hamda
bezak boyligi bilan ajralib turadi. Misol sifatida mashhur Avliyo Sofiya. (Hagia
Sophia) (532-537)
Byzantine Revival Vizantiya me’morchilik usullarmmg XIX asrda qayta
qoMlanilishi. Asosan cherkovlaming ko‘p gumbazlarida, dumaloq arkli derazalarida
uchratiladi.
С
Cabinet Kabinet. 1. Ta’lim olish yoki konferensiya uchun moijallangan
shaxsiy xona. 2. Ilmiy tajribalami ko‘rsatish uchun xonalar jamlanmasi.
Cabinet window Peshtaxta derazasi. XIX asrda paydo bo'lgan, savdo mollari
ko‘rsatib qo'yilgan do‘kon derazasi.
Cabinet w ork Ajoyib ko'rinishda va yaxlit uyg‘unlikda kabinet va tokchalar
qurish.
Cable Sim. Ustun va devordagi ustun shakffi bezakda, panjarada yuza silliq
bo‘lmay qovurg‘ali boiadi. Qovurg'aning bitta naysimon uzun yo‘liga cable
deyiladi.
Cabled fluting, ribbed fluting, stopped flute Qovurg‘ali bezak.
Cabling, cable molding Sim bezak. 1. Cable bezagi. 2. Burama arqon
ko'rinishidagi bezak.
Caementiciae structurae Betonli qurilma. Kichik tosh bo‘laklarini solib
betondan devor qurish.
Caementnm Shag‘al.(ko‘pligi caementa) Beton quyishda ishlatiladigan
mayda tosh bo'laklari.
Caen stone Kayen toshi. Normandiyaning Kayen hududi toshi. 0 ‘rta asrlarda
Angliyada qurilishda ishlatilgan.
Caer- Wales va Angliyadagi joy nomlari, qo‘rg‘on, saroy yoki shahar notnlari
bilan ishlatiladigan prefiks - so‘z oldi qo'shimchasi.
Caernarvon arch (Carnarvon arch)
Cage Qafasli joy. Atrofi yengil yog‘och to‘siq bilan o‘ralgan cherkovdagi
ibodat joyi.
C aher Kahir. Irlandiyada dala qo‘rg‘oni sifatida qurilgan inshoot.
Cairn Uyum. Ramziy ma’no kasb etuvchi to‘plab qo‘yilgan tosh uyumi.
Caisson Botiq bezak. 1. Coffer. 2. Gumbaz ichki bezagida ishlatiladigan botiq
bezak.
Calathus Kalafa. Kormf uslubidagi ustunning qo‘ng‘iroq yoki savat shakliga
o'xshash qismi.
Calcatorium Kalkator. Vino omboridagi tosh maydonchali yo‘lak. Vino
xumdonlari katta bo‘lgani uchun uni balandroqdan turib ko'rish imkonini beradi.
C aldarinm Kaldariy. Garmxona. Rim hammomiaridagi issiq suvli basseyn.
Calefactory Monastirdagi oddiy isitiladigan xona.
C alendar Kalendar. Oln ikki oyning ramziy tasviri yoki haykali.
Calf’s tongue molding, calves’ tongue molding Til bezak. Ark atrofida joy
olgan mol tilini eslatuvchi shaklli bezaklar.
Caliduct Kaliduk. Qadimgi Rimda g‘isht parchalaridan yoki terrakotadan
qurilgan isitish tizimi.
Calotte Piyola shaklini eslatuvchi gumbaz.
Calvary Kalvariya. 1. Katolik mamlakatlarda Iso payg'ambaraing o‘limi
tasvirlangan haykal. Shaharga kirish yo‘lining balandligida, cherkov oidida va
boshqa yerlarda bo‘ladi. 2. Krest o‘matilgantepalik.
Calvary cross Kalvariya xochi. Uch zinapoya balandlikda o'matilgan krest.
Ular imon, umid va sahovat zinapoyalari deb tushuniladi.
Calyon Kalyona. Bino devori qurishda ishlatilgan chaqmoq tosh.
Camba Kamba. Non yopiladigan va pivo tayyorlanadigan joyning lotincha
nomi.
Camber arch Tekis ark. Tepasi deyarli aylana hosil etmagan tekisroq ark.
Camber beam Kamon to‘sin. 0 ‘rtasi ozgina tepaga qiyshaygan to‘sin.
Camber piece, camber slip Qolip. Ark qurilguncha ishlatilgan ark qolipli
yog'och tirgak.
Camber window Toqli deraza. Tepasi arkli deraza.
Camboge Kamboj. Tropik mintaqalarda beton-toshdan bo‘igan darchali devor
qismi, havo aylanish darchasi.
Came Novdaband. Vitrajli deraza oynalarini biriktirib ushlab turuvchi nozik
qo‘rg‘oshin.
Camera Kamera. 1. Qadimgi me’morchilikda arkli tom, shift yoki gumbaz. 2.
Shifti arkli yoki gumbazli xona. 3. Kichik xona.
Camerated Toqli. Arkli yoki gumbazli ko‘rinishga ega bo‘lgan.
Camera vitrea Parchinli toq. Yuzasi parchinlar bilan bezatilgan gumbazli
shift.
Caminus Kamin. 0 ‘choq. 1. Qadimgi Rimning metall erituvchi jihozi. 2. Uyni
isitish uchun yoqiladigan o'choq.
Campana Kampana. Korinf ustuni tepasi o‘zagi.
Campaniform Qo‘ng‘iroq shaklli.
Campanile Qo‘ng‘iroq minorasi.
Campanulated Qo‘ng‘iroq shaklda qurilgan.
Camp ceiling Nishabli shift. 1. Piramida ko‘rinishli shift 2. 0 ‘rta tomi tekis,
ikki yoni nishabli boigan tom shifti.
Canalis, canal Kanal. 1. Iona ustunidagi uzun botiq yo‘l. 2. Botiq joy. 3. Eski
shahaming tor yo‘li. 4. Ariq. 5. Rim foramining noodatiy maydon bezagi.
Canaliculus Ariqcha. Qamish shaklida o‘yib ishlangan kichik botiq joy.
Cancelli Kansella. 1. Dastlabki xristian cherkovlarida ruhoniyni ajratib
turuvchi panjarali to‘siq. 2. Rim sirkida yog'och panjarali darvoza.
Cape Cod house Koloniya uyi. To‘g‘ri burchakli, tomi nishabli uy. Tomida
deraza bo‘lmaydi. Cape Cod koloniyasida paydo boigan usul. Ular uch xil bo'ladi:
half house, three quarter house, full cape house.
Capitolium vetus Vetus kapitoliyi. Yupiter, Yuno va Minervaga bag'ishlab
bunyod etilgan qadimiy ibodatxona.
Cap molding Yuqoridagi bezak. 1. Biror qismning tepasidagi bezak. 2. Eshik
va derazalar tepasidagi bezak.
Cappella del coro Xo‘r sahnasi. Cherkovda qo‘shiq aytiladigan joy.
Capping Qalpoq. Binoning har qanday yuzasi tepa qismi.
Capping piece, cap piece, cap plate Qalpoqli boiak. Har qanday tik
o‘matilgan yog‘ochlar yoki boshqa qurilmalaming yuqorisiga o'matiluvchi to‘sin
qismi.
Capreolus Tayanch ustun. Qadimgi to‘sinli tomlarda chordoqda o‘matilgan
ustun.
Caprile Molxona. Echkilar boqib asralgan joy.
Capstone Yakkatosh. Devor tepasida tunuka o‘mida joylangan toshning biri.
Ikki tomonga nishabli bo‘ ladi.
Carolingian architecture Buyuk Karl davri me’morchiligi. Karl arxitekturasi.
VTII-IX asrlarda Germaniya va Fransiyada mavjud boigari. Buyuk Karl (768-814)
sharafiga shunday nomlangan. Axen bosh cherkovi mazkur usul namunasidir.
C arpenter Gothic Gotik duradgorlik. AQShda XIX asrda yog‘ochlar yuzasida
Gotik unsurlarining qo‘llanilishi.
C arreau Ko‘z. Olmos yoki to‘rtburchak shaklli shisha. Mozaikalarda
ishlatiladi.
C arrefour Karefor 1. Ko'chalar ayrilish qismidagi ochiq maydon. 2. Chorraha
yoki kesishuv. 3. Jamoat maydoni.
C arrel, cubicle Karel. 1. Kutubxonada holi kitob o‘qish uchun alohida kichik
bo'linma. 2. Cherkovdagi kichik joy.
Carrelage Poykoshin. Polga bezakli qilib terilgan terrakota.
C arnage Kosovur. Yog‘och zinapoyalar orasida tayanch bo'lgan to'sin.
Odatda devor va tashqi zmapoya orasida.
C arriage porch Dalon. Avtomobil panada turishi uchun mo‘ljallangan
darvoza oldi joyi.
Cartibulum Kartibul. Rim binolarida atrium ichida kursi sifatida ishlatilgan
to'rtburchak tosh.
Carton pierre Karton qoplama. Yelim va bor aralashmasi, yana bir qancha
elementlar qo'shib ishlab chiqarilgan material. Suvoq qilinmagan devorlami
qoplashda ishlatiladi. U toshdan o‘yib ishlangan bezak ko'rinishini berishi mumkin.
C artoon Devoriy tasvir. Devoming to‘liq yuzasi bo‘ylab ishlangan chizma
yoki tasvir.
Cartouche Kartush. 1. Bezakli tablo. Chetlari o‘rama bezakli bo‘ladi.
O'rtasiga yozuv va tasvir o‘yib ishlanadi.
Carved work 0 ‘yma
Yüklə Dostları ilə paylaş: |