Vizantiya bilan osgotlar o‘rtasidagi urushda ayniqsa, vayron boiadi. 552-yildan VIII asr o‘rtalarigacha shaharni Rim yepiskoplari - papalar boshqardilar. Bu davrda G‘arbiy Yevropanmg siyosiy diniy markaziga, Rim papalarming qarorgohiga aylandi. 0 ‘rta asrlar davomida Rim uchun Papa hokimiyati va “Muqaddas Rim imperiyasi” imperatorlari o‘rtasida kurash davom etgan. XI - XII asrlarda Rimda vayron etilgan antik binolar o‘mida qasrlar, cherkov qurilishlari boshlab yuborilgan. Me’moriy yodgorliklar shaharning 3 ming yillik tarixini, uning murakkab va takrorlanmas shahar ekanligini aks ettirib turadi. Ko‘plab rimliklarning ijodkorlik salohiyati me’morchilikda toiiq aks etgan. Shaharsozlik dizaynida va shaharsozlik qurilish ishlarining yirik masshtabiga: kuchalar, ko‘priklar, quvurlar tizimi, akveduklar, ko‘p
qavatli turar joylar va boshqa turli xil jamoat binolari qurilishiga imkon bergan yangi tizimlashtirilgan qurilish uslublarida yetakchi boidi215. Qadimgi Rim me’moriy yodgorliklari, Forum, Kolizey, Panteon. Uyg‘onish davri va Barokko usulubiga mansub inshootlar (Kanchel- leriya, Franeziya, Barberini palatssolari, Pyatssa, Navon, villa va boshqalar) Rimni bezab turadi. IV - V asrlarda Rimda cherkov bazilikalari, kpyinchalik esa roman uslubiga xos binolar qurildi. Ularda ko‘proq roman uslubi bilan antik me’morlik tamoyillar uyg'unlashib, italyan roman me’morchiligining o‘ziga xos xususiyatlari shakllandi. Bu me’morlik etrusk va yunon me’morlik saivati an’analariga, qisman qadimgi Sharq me’morligi san’ati an’analriga tayangan holda rivojlangan. Uni yangi uslublar bilan boyitdilar. Ayniqsa, betonni ixtiro etilishi va ustun-to‘sin sistemasiga yangi konstruksiyalar kiritilishi, ark,