M O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


MUASSASASIDA DAVOLASh-SOG’LOMLAShTIRISh



Yüklə 383,96 Kb.
səhifə40/43
tarix04.07.2022
ölçüsü383,96 Kb.
#62627
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
8057ef32de526df47292716c72635b17 bolalar orginal

MUASSASASIDA DAVOLASh-SOG’LOMLAShTIRISh
JARAYoNINI TAShKIL ETISh
51. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni sog’lomlashtirishga yo’naltirilgan davolash-sog’lomlashtirish, reabilitasiya qilish, sanitariya-gigiyena va profilaktika tadbirlarini o’tkazish, tibbiy xizmat ko’rsatish ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari shtatidagi tibbiyot xodimlari hamda mazkur muassasalarga biriktirilgan sog’liqni saqlash muassasalarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalariga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarni tegishli tibbiy xulosalari asosida qabul qilinishi, ularning hayoti, sog’lig’i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlarining o’tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
52. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari tomonidan bolalarni davolash-sog’lomlashtirish va reabilitasiya qilish, kasallik va unga hamroh xastaliklar xurujining oldini olishga va salomatligini yaxshilashga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiriladi.
53. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari:
bolalarning sog’lig’i va rivojlanish xususiyatlarini e’tiborga olgan holda yondashishga pedagoglarga ko’maklashadilar;
bolalarni tibbiy-pedagogik korreksiyalash bo’yicha kerakli ko’rsatmalar beradilar;
ota-onalarga kasalliklarning oldini olish maqsadida uy sharoitida himoyalovchi (maxsus) tartibga amal qilish bo’yicha tavsiyalar beradilar.
54. Tibbiy sog’lomlashtirish muolajalari, muayyan davolash kurslari har bir bola uchun mashg’ulotlar jadvali bilan muvofiqlashtirilgan holda individual ravishda tuziladi.
55. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida har bir bolaga rivojlanishidagi nuqsoni bo’yicha alohida tibbiy karta yuritiladi, bolaning muassasada bo’lish muddati tugagach, ota-onalarga undan ko’chirma beriladi.
56. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida fizioterapiya yordamida davolash, massaj, jismoniy mashqlar va chiniqtirish ishlari olib boriladi.
57. Davolash-jismoniy tarbiya mashqlari davolash-jismoniy tarbiya instruktori yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan mutaxassis tomonidan o’tkaziladi.
58. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida barcha sog’lomlashtirish va reabilitasiya tadbirlarining to’g’ri tashkil etilishi va olib borilishi ustidan nazorat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududdagi sog’liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
59. Sog’liqni saqlash organlari ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi tibbiyot xodimlari shtatlarini to’ldirishda, ularning malakasini oshirishda hamda davolash-sog’lomlashtirish ishlarining zamonaviy uslublarini ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida keng joriy qilishda, ularga maslahat yordami berish uchun malakali mutaxassislarni jalb etishda mas’ul hisoblanadi.
5-BOB. TA’LIM-TARBIYa JARAYoNINING

Yüklə 383,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin