M O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida



Yüklə 383,96 Kb.
səhifə39/43
tarix04.07.2022
ölçüsü383,96 Kb.
#62627
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
8057ef32de526df47292716c72635b17 bolalar orginal

Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida
korreksion ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish
38. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida korreksion ta’lim-tarbiya mazmuni O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
39. Ta’lim-tarbiya jarayoni maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablariga muvofiq holda belgilanadi hamda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, korreksion pedagogik dasturlar va uslublardan foydalanilgan holda olib boriladi.
40. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi o’z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Bunday dasturlarni tasdiqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
41. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarning ta’lim-tarbiya olishi quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
Ta’lim-tarbiya jarayonida tashxisning qo’yilishiga maxsus yondashuv;
ta’lim-tarbiyaning nuqsonlarni korreksiya qilishga yo’naltirilganligi;
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda individual yondashuvni amalga oshirish.
42. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida korreksion ta’lim-tarbiya berish jarayoni bolalarning alohida xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
43. Nuqsonlarni korreksiya qilish va ular bilan bog’liq bola rivojlanishining o’ziga xosliklarini bartaraf etish kun tartibi va ta’lim jarayonida amalga oshiriladi.
44. Guruh va korreksion ta’lim xonalari zarur maxsus jihozlar bilan ta’minlanadi.
45. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar rivojlanishdagi nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida mashg’ulotlar butun guruh, kichik guruhlarda va yakka tartibda olib boriladi.
46. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari guruhlarining tarbiyalanuvchilar bilan to’ldirilishi mazkur Nizomga ilovaga muvofiq me’yorlarga ko’ra belgilanadi.
47. Qo’shimcha guruhlarni ochish Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlariga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasining hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar moliya boshqarmalari va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasining taqdimiga ko’ra amalga oshiriladi.
48. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar sog’lig’i va intellekti, jismoniy, psixik yoki aqliy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda maktab ta’limiga yo’naltiriladi.
49. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayoni korreksion pedagogika, shuningdek ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining faoliyat sohasi bo’yicha tegishli malaka oshirish kurslaridan o’tgan pedagoglar tomonidan amalga oshiriladi.
50. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini psixologik jihatdan ta’minlash muassasa shtatidagi psixolog tomonidan amalga oshiriladi.
4-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABGAChA TA’LIM

Yüklə 383,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin