MATEMATIKA O‘QITISH MAXSUS METODIKASI
1. O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Ushbu ishchi o‘quv fan dasturi aqli zaif bo‘lgan bolalar maxsus ta’lim muassasalarida matematika o‘qitish maxsus metodikasi kursining umumiy masalalari, ya’ni fanning predmeti, maqsad va vazifalari, o‘qitishning umumiy va maxsus didaktik tamoyillari, ta’limni tashkil etish shakllari va ta’limni rejalashtirish vosita va metodlari, shuningdek, aqli zaif va eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga matematikani o‘qitish jarayonida korrektsion-pedagogik ishlarni olib borish xususiyatlari hamda matematika o‘qitish maxsus metodikasi kursining xususiy masalalari kabi masalalarini qamraydi.
Matematika o‘qitish maxsus metodikasi kursini o‘qitishdan maqsadi - talabalarda aqli zaif va eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga maxsus ta’lim muassasalarida matematika o‘qitishning umumiy va xususiy masalalari haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.
Matematika o‘qitish maxsus metodikasi kursi Defektologiya fakulteti talabalarini kar va zaif eshituvchi bolalar maktablarining boshlang‘ich sinflarda hamda yordamchi mehnat ta’limi maktablarida matematika o‘qitishni amalga oshirish uchun tayyorlashga mo‘ljallangan.
Dastur ikki bo‘limdan iborat:
I bo‘lim. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktablarida matematika o‘qitish maxsus metodikasi
II bo‘lim. Matematika asoslari va yordamchi maktabida matematika o‘qitish maxsus metodikasi
I bo‘lim quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktablarida matematika fan sifatida o‘qishning barcha yillarida o‘rganilishi munosabati bilan mazkur kursni har bir defektolog o‘quv va o‘qishdan tashqari ishlarda uni olib borish uchun bilishi.
II bo‘lim quyidagilarni o‘z ichiga oladi. Matematika asoslari va yordamchi mexnat ta’limi maktabda matematika o‘qitish maxsus metodikasi kursining maqsadi – defektolog talabalarga matematika asoslarini o‘rgatish, qaysiki, bu bilimlar ularga matematika o‘qitish metodikasini ancha ongli o‘zlashtirishga ko‘maklashadi; yordamchi mexnat ta’limi maktab o‘quvchilarining matematik tasavvurlarini tarkib toptirish xususiyatlarini ochib berish, aqli zaif bolalarning matematik bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashdagi qiyinchiliklarni ko‘rsatish va bu qiyinchiliklarni bartaraf qilish yo‘llarini topishga yordam berishdan iborat.
Fanning hajmi
-
Dostları ilə paylaş: |