M tojiyev, I. Nigmatov


Ammiak ta’sirida zaharlanishda birinchi yordam



Yüklə 8,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/244
tarix09.09.2023
ölçüsü8,77 Mb.
#142132
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   244
Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

Ammiak ta’sirida zaharlanishda birinchi yordam: 
ochiq havo, 10 
foizli mentolning xloroformdagi iliq eritmasini hidlash, issiq sodali sut 
ichish, agar ko‘zga tushgan boTsa, 0,5-1 foizli qo‘sh tuzlaming eritma- 
si bilan, so‘ngra suv bilan yuvish; teri shikastlanganda - toza suv bi-
136


Ian yuvish, 5 foizli sirka, limon yoki xlorid kislota shimdirilgan lattani 
qo‘yish va boshqa omillar bajariladi.
Ammiakdan saqlanishda: «К» yoki «М» markali filtrlovchi sanoat 
gazniqobi, agar ammiak vodorod sulfid bilan aralashgan bo‘lsa, «KD» 
markali gazniqobi ishlatilib, juda yuqori konsentratsiyada izolatsiyalovchi 
gazniqoblar va himoya kiyimlari ishlatiladi.
X lor -
o‘tkir hidli, sariq rangli gaz. U havodan 2,5 baravar og‘ir 
bo‘lib, 34°C haroratda suyuq holatga o‘tadi. U suvda, organik erituv- 
chilarda yaxshi eriydi. Xlor qog‘oz-selluloza, to ‘qimachilik sanoatida, 
xlorli ohak ishlab chiqarishda, suvni zararsizlantirishda va boshqa soha- 
larda ishlatiladi. Xlor bo‘g‘ish xususiyatiga ega. Uning havodagi miq- 
dori 0,01 mg/1 bo‘lganda inson organizimiga salbiy ta’sir etadi, miqdori 
0,1 mg/1 dan yuqori bo‘lganda o iim g a olib keladi.
Birinchi 
yordam. 
Shikastlangan hududlarda gazniqoblami kiyish ke­
rak. Nafas organlari izdan chiqqanlar nashatir spirtini, ichimlik sodasini 
hidlashi, 2 foizli sodali eritma bilan ko‘zni, burunni va tomoqlami yuvi- 
shi, issiq borjomli yoki sodali sut, qahva ichishi kerak.
Himoyalanish. 
«V» va «М» markali filtrlovchi sanoat gazniqo- 
blari, GP-5 fuqarolar gazniqobi, bolalar gazniqobi va ulaming himoya 
komplektidan foydalaniladi. Agar uning konsentratsiyasi yuqori bo‘lsa 
(8,6 mg/1 dan yuqori), izolatsiyalovchi gazniqoblar qo‘ilaniladi.
Oltingugurt oksidi
- o ‘tkir hidli, rangsiz gaz bo‘lib, yonmaydi. Bu 
modda oltingugurtli rudalarni yondirganda hosil bo‘lib, u sulfat kislo­
ta ishlab chiqarishda asosiy xomashyo hisoblanadi. Undan tashqari bu 
gaz to'qim achilik sanoatida oqartiruvchi sifatida, oziq-ovqat sanoatida 
konservatsiya qiluvchi modda sifatida ishlatiladi. U suvda, spirtda, sirka 
va sulfat kislotalarda, xloroformda va efirda yaxshi eriydi. Oltingugurt 
angidridi nafas yo‘llarini ishdan chiqarib, ko‘zni xiralashtiradi. Kichik 
konsentratsiyada inson kuchsiz yo‘talish, tomoqda va ko‘krakda og‘riq, 
ko‘zdan yosh oqish, katta dozada esa qusish, hushdan ketish alomatlari 
kuzatiladi.

Yüklə 8,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin