M tojiyev, I. Nigmatov


Suv toshqini, ko‘chki va sel ofatlari oqibatlarini bartaraf qilish



Yüklə 8,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/244
tarix09.09.2023
ölçüsü8,77 Mb.
#142132
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   244
Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

Suv toshqini, ko‘chki va sel ofatlari oqibatlarini bartaraf qilish.
Suv toshqini xavfi tug‘ilgan taqdirda, hududning fuqaro muhofazasi 
bosh!ig‘i qaroriga binoan boshqaruv punktlari tayyor holga keltirilib, 
mas’uliyali mansabdor shaxslaming kecha-yukunduz navbatchiligi tashkil 
etiladi.
FVDTning suv toshqini xavfidagi vazifalari quyidagilardan iborat:
- suv toshqini xavfi to ‘g‘risidagi m a’lumotni FMning quyi organlariga 
va aholiga yetkazish;
- kuzatuv va nazoratni kuchavtirish;
- suv toshqinida faoliyat ko‘rsatuvchi kuch va vositalar hobtini 
aniqlash hamda suv bosgan hududlarda qutqaruv ishlarini olib borish 
uchun tayyor holga keltirish;
- aholini, moddiy va madaniy boyliklarini xavfli hududdan xavfsiz 
hududga ko‘chirish;
- suv toshqini hududlaridagi korxona va tashkilotlar faoliyatini qisman 
cheklash yoki vaqtinchalik to‘xtatish;
181


- o‘zaro hamkorlik rejalari bo'yicha yordamga biriktirilgan Qurolli 
Kuchlar boMimlari bilan aloqa o‘rnatish va boshqalar.
Qutqaruv ishlari uchun hududning tegishli kuch va vositalari hamda 
fuqaro muhofazasining yuqori tashkilotlari tomonidan ajratilgan kuchlar 
va vositalar, shuningdek, korxona va tashkilotlarning suzish vositalari 
jalb qilinadi. Jumladan, kater, motoqayiq va boshqa vositalar bilan 
ta’minlangan qutqaruv otradlari odamlarni suv bosgan hududlardan 
qutqarish, evakuatsiya qilinishga jalb etiladi.
Suv toshqinida qutqaruv ishlarini olib borish uchun jalb qilinadigan 
qutqaruvchilar suvda harakatlanish qoidalarini hamda odamlarni va 
cho‘kayotganlami qutqarish, ularga birlinchi tibbiy yordam ko‘rsatish 
usullarini bilishlari shart. Suzish vositalarida harakatlanuvchi tizimlar 
iplar, qutqarish aylanmasi va boshqa zaruriy jihoz hamda vositalar bilan 
ta ’minlanishi lozim, shuningdek, suvdagi odamlarni qutqarishda ishtirok 
etuvchi shaxsiy tarkib himoyalangan kiyimlarda bo‘lishi shart.
Suv toshqinlaridagi qutqaruv ishlari suv bosgan hududlardagi odamlarni 
topish, ularni suzish vositalariga yoki vertolyotlarga o‘tkazish va xavfsiz 
joyga evakuatsiya qilishdan iborat. Zarurat bo‘lsa, jabrlanuvchilarga 
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi. So‘ngra suv toshqiniga uchragan 
jihozlar, moddiy va madaniy boyliklami qutqarish hamda suvdan chiqarib 
olishga kirishiladi.
Suv toshqinida QBTIning muvaffaqiyatli o ‘tkazilishi quyidagilarga 
bog‘liq:
- to‘satdan suv toshqini paydo bo‘lganda qidiruvning samaraii 
usullarining qo'llanilishi;
- FVDT tizimlari va xizmatchilari yuzaga kelgan vaziyatni tez baholay 
olishi va taxminiy salbiy oqibatlar ko‘lamini aniqlay olishi;
- qutqaruv ishlarida ishtirok etadigan kuch va vositalaming o ‘z 
vaqtida yig‘ilishi;
- qutqaruvchilaming jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish faolligi va 
hokazolar.
QBTlni o‘tkazishda FVDT rahbarlari, doimiy ravishda, eng xavfli 
hududda (katastrofik o‘choq) bo‘lishlari va u yerda bo‘ysunuvchi tizimlar 
harakatini boshqarib, ular o‘rtasidagi uzluksiz o‘zaro hamkorlikni 
ta’minlashlari lozim. Tizim boshlig‘i doimo shuni yodda tutishi lozimki, 
qutqarilayotgan odamlarning taqdiri, xalq mulkining saqlanishi tizimning 
aniq va tezkor harakatiga bog‘liq. Shuning uchun ular, birinchi navbatda,
182


asosiy harakatlarni qaysi yerda amalga oshirishni hamda qo‘l ostidagi 
kuch va vositalaming vazifalarini eng qisqa muddatlarda bajarilishini 
ta’minlashi lozim. Tezyurar suzish vositalari va vertolyotiarda harakat 
qiluvchi qidiruv guruhi hamda bo'limlari suvda c’no'kkan odamlarning 
eng ko‘p to‘plangan joyini aniqlaydilar va o ‘sha yerdagi odamlarni 
suvdan chiqarib oladilar.
Odamlar soni ko ‘p bo‘lmagan guruhlami chiqarib olishda, mazkur 
guruh va bo‘iimlar mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Odamlarni 
suvdan chiqarib olishda turli rusumdagi barcha qayiqlardan foydalaniladi.
Aholi suvdan toMiq qutqarilgandan keyin ham, suv bosgan hududlarda 
qutqaruv tizimlari qidimvi tugamaydi. Qidiruv ishlari tez yurar suzish 
vositalarida, suv toshqini katta miqyosda bo‘lganda esa vertolyotlar 
yordamida izlanadi.
Suv toshqiniga uchragan odamlarga, suzishni biladiganlarga ham, 
bilmaydiganlarga ham tezlikda qutqarish aylanmasi, rezinali shar, yog‘och 
va boshqa suzib yuruvchi buyumlar suvga tashlanadi. Bunda albatta 
shamo! yo‘nalishi va suv oqimini inobatga olib harakatlanish lozim. Agar 
jabrlanuvchi ko‘prik ostiga suzib kirib ketsa, unga yordam berish uchun 
ko‘prikdan arqonli traplar, ipga bog‘langan qutqarish aylanmalari va 
boshqa anjomlar bilan jihozlangan qutqaruvchi suvga tushiriladi. Suvdan 
qutqarilgan insonga zudlik bilan tez tibbiy yordam ko‘rsatiladi, zarurat 
tug‘ilsa, jabrlanuvchini statsionar davolash muassasasiga yuboriladi.
Sel va ko‘chki ofatiari oqibatlarini bartaraf etishda, eng avvalo, bu 
ofatlami oldindan xarakteriovchi belgiiarini o‘z vaqtida aniqlash, ulaming 
miqyosini chamalash, aholini xavf to‘g ‘risida ogoh etish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Chunki bu belgilar qanchalik oldin aniqlansa, ofat keltiradigan 
zararlami shunchalik kamaytirishga erishiladi. K o‘p hollarda sel oqimi 
xavfi to‘g‘risida aholi 10 daqiqalar oldin, kamdan kam hollarda esa 1-2 
soat oldin ogohlantirilishi mumkin.
Sel xavfida seining aholi punktlariga kelish yo‘llaridagi to‘siqlar 
mustahkamlanadi, qo‘shimcha tuproq to‘siqlari, sel tarkibidagi begona 
jismlami ushlab qolish uchun vaqtinchalik devorlar, sel pistirmalari, 
suvning o'zini o‘tkazib yuboruvchi trubalar va boshqalar tashkil qilinadi.
Sei xavfi tug‘ilganda, aholi xavfli hududlardan xavfsiz hududlarga 
evakuatsiya qilinadi. Bunda odamlar bilan birga moddiy boyliklar va 
qishloq xo‘jalik havvonlari ham olib chiqiiadi. Afsuski, uyoki bu sabablarga 
ko‘ra ko‘chirish harakatlari toMiq bajariiishiga imkon boMmavdi. Masalan,
183


Qirg‘iziston Respublikasining O lsh viloyati tog‘larida haroratning birdan 
k o‘tarilishi va qorning tez erishi oqibatida 1998-yil 7-may dan 8-mayga 
o ‘tar kechasi sel oqimi yuzaga kelib, u Shohimardonsoy bo‘ylab 
harakatlandi. Sel oqimi Farg‘ona viloyatining 52 ta xo‘jaligiga, 36 ta 
dam olish zonasiga, shundan 4 ta bolalar sog‘Iomlashtirish lagerlariga 
salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 8-iyuldan 9-iyulgacha bo‘lgan davrda odamlar 
sog‘lomlashtirish muassasalaridan va bolalar dam olish lagerlaridan 
evakuatsiya qilindi. Evakuatsiya jarayonida 250 dan ortiq avtomobil 
texnikalari jalb qilindi. Afsuski, bunda odamlarning evakuatsiyasi to‘liq 
bajarilmaganligi sababli talafotlar ko‘rildi. Jumladan, 1998-yil 18-iyul 
kuni 104 nafar odam murdasi topilgan. (Shundan erkaklar - 48 nafar, 
ulardan voyaga yetganlar - 16 nafar, ayollar - 56 nafar, ulardan voyaga 
yetganlar - 27 nafar, 96 nafar o‘lganlar shaxsi aniqlangan, qolganlari 
noma’lum, shuningdek, har xil hayvonlarning 68 ta jasadi topilgan. 
Bunday noxush talafotlami FVDT lari, butun aholi hech qachon esdan 
chiqarmasligi va undan tegishli xulosalar chqarishlari lozim.
Shuning uchun yaqinlashib kelayotgan sel oqimi yoki ko‘chki 
to ‘g‘risidagi xabami eshitgan har bir fuqaro, tezda uylarini, ish joylarini 
ehtiyot holatda qoldirib, tark etishlari lozim bo‘ladi. Bunda uylaridagi yoki 
ish joylaridagi isitgichlami o ‘chirishlari, gaz kranlarini yopishlari, elektr 
va elektr jihozlarini o‘chirishlari kerak. Bular yong‘in paydo bo‘lishining 
oldini oladi.
Sel oqimi yoki yer ko ‘chkilarining to‘satdan paydo bo‘lishi katta xavf 
tug‘diradi. Bunday vaziyatlarda eng asosiysi - vahimaga yo‘l qo‘ymaslik 
kerak. Sel oqimiga tushgan fuqarolarga bor imkoniyatlar yuzasidan 
yordam berish lozim. Jumladan, xoda, arqon, baquvvat daraxt shoxlari, 
mustahkam qalin iplami qutqarilayotganlarga uzatish orqali amalga 
oshiriladi.
Sel oqimiga qarshi omillaming eng samaraii uslubi, bu aholming 
barcha qatlamlari ishtirokida tashkiliy-xo‘jalik, agrotexnik, o‘rmon- 
meliorativ va gidrotexnik tadbirlarning o ‘z vaqtida o ‘tkazilishidir. Ya’ni 
sel xavfi bo‘ladigan hududlarda aholi o ‘rmonchilikda, dehqonchilikda 
agrotexnik ishlami bajarishda va uy hayvonlarini boqishda tegishli 
tashkilotlar tomonidan beriladigan tafsiyalarni qat’iyan bajarishlari 
lozim.
184



Yüklə 8,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin