har bir uyning o ‘zida tashkil etiladi. Avariya yuz bergan obyektda, birinchi
navbatda, KTZMning tarqalish o‘chog‘i yopiladi.
Avariya o‘chog‘ini bekitishda ishtirok etuvchi tizimlar xavfsizlik
qoidalariga qat'iy rioya qilishlari, ya’ni izolirlovchi gazniqoblardan, tana
a’zolarini saqlovchi izolirlovchi himoya kiyimlaridan, shaxsiy dorixona
(SHD-2) va shaxsiy kimyoviy paketlardan (SHKP-8) foydalanadilar.
Avariya oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etmaydigan fuqarolaming
zaharlangan hududga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, obyekt
maxsus xizmat guruhlari tomonidan qo‘riqlanadi. Avariya hududidan
odamlarni olib chiqib ketishda eng qisqa yo‘l bo‘yicha, shamol
yo‘nalishiga perpendikular tarzda, balandlikda joylashgan hamda yaxshi
shamollanadigan hududga harakatlanish lozim.
KTZMdan zaharlanganlarga juda qisqa muddatda tibbiy yordam
ko‘rsatilishi lozim. Buning uchun ularga gazniqob kiydiriladi, agar tanasiga
yoki kiyimiga KTZM tekkan bo‘lsa, ulardan tozalanadi. Tozaiash toza
suv yordamida ko‘p marotaba yuvish orqali amalga oshiriladi. Birinchi
tibbiy yordam ko‘rsatish KTZM xususiyatiga qarab amalga oshiriladi.
Esda tutish kerakki, KTZM bilan zaharlangan odamga sun’iy nafas
berish muolajasi bajarilmaydi, aks holda zaharlangan odamning ahvoli
og‘irlashadi. Avariya o ‘chog‘i bartaraf etilgandan so‘ng, KTZM tarqalgan
hududlar, obyektlar, qurilma va uskunalar qayta ishlov (sanitar tozaiash)
dan o‘tkaziladi.
Demak, tabiiy va texnogen xususiyati favqulodda vaziyatlar yuz
bergan hududlarda, obyektlarda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib
bo‘lmas ishlami olib borish tartibi shulardan iborat. Ushbu tartib-qoidalami
yaxshi o ‘rgangan va amaliyotda qo‘llay biladigan fuqaroiar respublikamiz
hududlarida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf
etishda o ‘zlarining insoniy burchlarini bajara oladilar.
Dostları ilə paylaş: