Bu gazlar havodagi kislorodni yonishga yordam bera olmaydigan daraja- gacha suyultirish yoki uni yonuvchi muhitdan (yopiq hajmda) siqib chiqarish maqsadida ishlatiladi. Masalan, eng ko‘p ishlatiladigan karbonat angidridi (C02) havodan 1,5 barobar og'ip bo‘lganligj sababli, pol sathidagi yonuvchi hajmni sovutish bilan birga unga keladigan kislorod y o ‘lini to‘sish evaziga, yong‘inni tez o‘chirish imkonini beradi. 1 I suyuq karbonat angidridi, balondan ochiq havoga chiqarilganda uning hajmi 506 litrga ko‘payadi. Bu degani yopiq hajm dagi yonuvchi manbaga, tashqaridan kislorodning kirib kelishiga mutlaqo imkon bermaydi. Odatda, C02 suyuq yoki gaz holatida 2 litrdan to 80 litrli hajmdagi har xil po‘lat ballonlarda, 3430 kPa bosimda saqlanadi. Gazni o ‘t o ‘chirish uchun qo‘llashda ballonlarda o‘matilgan, maxsus og‘zi kengaytirilgan kamaycha orqali uzatiladi. Undan chiqayotgan gaz oppoq, parcha-parcha qorsimon ko‘rinishda b oiib , kamaychadan otilib chiqish paytida harorati 80°C ga yaqin bo'ladi. Shu boisdan ulami ishlatishda xavfsizlik nuqtayi nazaridan qoiqop kiyilishi zarur hisoblanadi. Karbonat angidridi to‘lg‘azilgan gaz ballonlarining xavfsizlik holati ular saqlanayotgan muhitning haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Muhitning harorati ko‘tarilgan sari, ballondagi suyuq karbonat angidridi gaz holatiga aylana bosh- laydi, natijada ballondagi bosim ko‘tarilib, portlash xavfi yuzaga keladi. Bunday