17-rasm. Q o‘lning bilak
qismidan qon ketayotganda
burama qo‘yish tartibi
bilaklardan, jarohatga yaqinroq qilib, qon
oqayotgan
joydan yuqoriroqqa, terini qisib
qo‘ymaslik uchun kiyim ustidan yoki
tagiga
yumshoq materia! (bint, ro‘molcha va b.)
qo‘yib turib qo‘yiladi (17,18-rasmlar).
Uni odatda oqayotgan qon to'xtaydigan
darajada tortib turib qo‘yish
maqsadga
muvofiq. Jgut qo‘yilgan vaqt, kuni, soati
va daqiqasini qog‘ozga yozib, uni yaxshi
ko‘rinib turadigan qilib jgut o ‘rami tagiga
qistirib qo‘yiladi.
Qo‘yilgan jgut qo‘l yoki oyoqda ko‘pi
bilan 1,5-2 soat saqlab turishi kerak, aks
holda qo‘l yoki oyoqning jgut qo‘yilgan
joydan pastki qismidagi to‘qimalar halok
bo'lishi mumkin. Jgut
qo‘yilgan
paytdan hi-
soblaganda
2
soat o‘tgandan keyin arteriyani barmoq
bilan bosib turib, pulsni tekshirib
turgan holda jgutni
5-10 daqiqaga asta-sekin bo‘shatish va keyin uni
oldingi joyidan sal yuqoriroqqa yana qo‘yib bog‘lash
kerak.
Jgut bo ‘lmagan taqdirda arteriyadan qon oqishini
burama qo‘yish yo‘li bilan yoki qo‘l-oyoqni mum
kin qadar ko ‘proq bukib,
shu holatda mahkam qilib
bog‘iab qo‘yish yo‘li bilan to‘xtatsa bo‘ladi (19-rasm).
Shikastlangan odamga jarrohlik yordami ko'r-
satilmaguncha jgutni har soat oralatib shu tariqa
vaqtincha bo‘shatib, olib turiladi,
buni har safar
yuqoridagi qog‘ozga yozib boriladi. Jgut naysimon
bo‘lib, uchida zanjirchasi va ilmoqchasi bo‘lmasa,
uning uchlari tugun qilib b o glab qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: