ba’zida esa hayotni qutqarib qolish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayniqsa, qon k o ‘p ketib turganda, odam elektr tokidan shikastlanganda. suvga ch o‘kkan paytida, yurak faoliyati to'xtab, nafasi chiqmay qolgan paytda birinchi tibbiy yordam darhol k o ‘rsatilishi kerak; - bolalarga va shu damning o ‘zida yordam olm asa o ‘lib qolishi mumkin b o ‘lgan shikastlanganlarga birinchi navbatda birinchi tibbiy yordam k o ‘rsatiladi; - son suyagi ochiq sinib, arteriyadan qon ketib turgan mahalda birinchi navbatda hayot uchun xatarli b o ‘lgan qon ketishini to ‘xtatish, keyin jarohatga steril b og‘lam qo‘yish va shundan keyingina oyoqni qimirlamaydigan qilib bog‘Iashga kirishish lozim. Bunda singan joyni qimirlamaydigan qilib qo‘yish uchun m axsus shina solib b o g ‘lash yoki q o ‘lida bor bo‘lgan boshqa vositalardan foydalanish kerak. Birinchi tibbiy yordamning hamma usul-amallarini ehtiyotkorlik bilan avaylab bajarish lozim . Q o ‘pol harakatlar qilinadigan b o is a , shikastlangan kishiga zarar qilishi va uning ahvoli yom onlashib qolishi mumkin. Birinchi tibbiy yordam ikki yoki bir necha kishi tomonidan ko'rsatilishi mumkin. 12.5. Qon ketishida ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam Qon ketishi jarohatlarning bevosita hayotga x a v f soluvchi eng xatarli asoratidir. Qon ketishi deganda shikastlangan tomirlardan qon chiqib turi- shi tushuniladi. Shikastlangan tom irlam ing tabiatiga qarab arteriyalardan, venalardan, kapillardan qon ketishi tafovut qilinadi. Arteriyalardan qon ketishi hammadan xatarlidir, bunda qisqa mud- dat ichida organizmdan talaygina miqdorda qon ketib qolishi mumkin. Arteriyalardan qon ketishining alomatlari chiqayotgan qonning qirmizi