Lat yegaii odamga birinchi tibbiy yordam berish uchun uni tinch
qo‘yish va og‘riqni qoldirish uchun shikastlangan sohani yuqori qo'yish
kerak hamda sovuq kompress buyuriladi (sovuq suvga botirilgan sochiq
qo‘yilib so’ngra bintli bog‘lam bilan bog‘lab qo‘yiladi).
12.9. Suyak singan paytda ko‘rsatiIadigan birinchi tibbiy yordam Suyak sinishi va travmatik shok to‘g ‘risida tushuncha. Odam kes-
kin harakatiar qilganida, zarb yeganida, balandlikdan yiqilib tushganida
suyaklari sinadi. Suyaklar sinishi yopiq va ochiq bo‘lishi mumkin. Yopiq
suyak siniqlarida teri qoplamlarining butunligi buzilmaydi,ochiq suyak si-
niqlarida suyak singan joyda jarohat boladi. Suyaklaming ochiq sinishi
hammadan ko‘ra xavfliroqdir. Suyaklar singanda suyak bo‘lakiari suri-
lib ketgan yoki surilmay turgan bo'lishi mumkin. Suyak sinishlarining
asosiy belgilari: suyak singan joyning og‘rib,shishib ketishi, qon talash
bo‘lishi, uning odatdan tashqari tarzda harakatlanadigan bo‘lib qolishi,
qo‘i yoki oyoq funksiyasining buzilishi kabi alomatlardir. Suyak ochiq
singan paytda jarohatda suyak bo'laklari ko‘rinib turishi mumkin. Qo‘l-
oyoq suyaklari singanida qo‘1 yoki oyoq kalta tortib, singan joyi qiy-
shayib qoladi. Suyaklaming sinishi og‘ir hollarda shok bilan birga davom
etadi. Shok suyaklar ochiq sinib, arteriyalardan qon ketib turgan paytda
ayniqsa ko‘p paydo boMadi. Travmatik shok og‘ir shikastlarning hayot
uchun xavf soladigan asorati bo‘lib, markaziy asab sistemasi faoliyati,
qon aylanishi, moddalar almashinuvi va hayot uchun muhim boMgan
boshqa funksiyalarning buzilishi bilan xarakterlanadi. Bir marta yoki
takror-takror og‘ir shikast yetishi shokka sabab boTishi mumkin. Bunda
odam es-hushi joyida boMgani holda, bo‘shashib, atrofdagilarga loqayd
bo‘lib qoladi, hayot uchun muhim bo‘lgan barcha funktsiyalari susayib
ketadi: badani muzlab, yuzi oqaradi, puJsi zaif, nafas olishi sust bo‘ladi.
Shikastlanib, shok holatiga tusnib qolgan odamga birinchi tibbiy yordam
241
ko‘rsatishda hayot uchun xavf solib turgan qon ketishm to'xtatish.og'riqni
qoldiradigan dori berish, sovuqdan asrash, suyaklari singan bo‘lsa, trans
port immobilizatsiyasini bajarish zarur.