Mexanikantiseptika
jarohatlarni birinchi jarrohlik obrabotkadan
o ‘tkazishdan iborat.
Fizik antiseptika
mikroblarning
yashab qolishi
uchun jarohatda noqulay sharoit yuzaga keltiradigan usullarni tatbiq
etishdan iborat, ya’ni jarohatni quritish, unga drenaj qo‘yish
va jarohat
suvi, selining oqib chiqib turishini ta’minlash chorasi ko‘ri!adi. Chunki
quyosh nuri va sun’iy ultrabinafsha nur mikroblarni o ‘ldiradi.
Kimyoviy antiseptika
mikroblarga qarshi
har xil dori vositalarini
ishlatishga asoslangan. Bunday vositalar qatoriga yod, etil spirti,
xloramin,
kaliy permanganat eritmasi va boshqalar kiradi.
Biologik antiseptiklar
jumlasiga jarohat infeksiyasining profilaktikasi
va davosi uchun ishlatiladigan antibiotiklar kiradi.
Bog‘lam
va
bog‘lashlar t«‘g‘risida tushuncha. Bog‘lamlarning
turlari.
BogMam jarohatni berkitib, bogTab qo‘yish
uchun ishlatiladigan
materialdir. Bog‘lamlami qo‘yish paytida ortiqcha og‘riq boim asligiga
harakat qilish zarur. Qon aylanishiga xalal bermaslik uchun bog'lamni
uncha qattiq bosmaydigan qilib (bosib turadigan maxsus bog‘lam qo‘yish
kerak bo‘ladigan hollardan boshqa paytlarda) va jarohatdan tushib
ketmasligi uchun uncha bo‘sh qilmasdan qo'yiladi. Birinchi bog‘lam
qo‘yisndan aw al jarohatga iflos tekkizmasdan
va shikastlangan odamga
ozor bermasdan turib jarohatni ochib, yalong'ochlash zarur, ustki kiyim esa
yechib olinadi yoki qirqib tashlanadi. Jarohatga yopishib qolgan kiyimni
uzib olish yaramaydi, uni qaychi
bilan ohista kesib olish, so‘ngra bog‘lam
qo‘yish kerak. Shaxsiy bog‘lovchi paket ikkita paxta-dokali yostiqcha va
bintdan iborat. Teshib o ‘tgan jarohatlarni bog'lash mahalida jarohatning
kirish va chiqish teshigini berkitishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: